O'zbekiston

Toshkentda 31 yoshli erkakning burun operatsiyasi vaqtida vafot etishi ortidan klinika faoliyati to‘xtatildi

Bosh prokuraturaning zamon.uz'ga ma'lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Toshkentda 31 yoshli erkakning burun operatsiyasi vaqtida vafot etishi ortidan klinika faoliyati to‘xtatildi

 

Joriy yilning 12-noyabr kuni Olmazor tumanida joylashgan “Ibotov” xususiy tibbiyot muassasasida 31 yoshli erkak o‘tkazilgan burun operatsiyasi chog‘ida vafot etdi. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda zamon.uz'ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 29-noyabr kuni mazkur klinika shifokorlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi ochilgan.

 

Shuningdek, Olmazor tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limining tegishli qaroriga muvofiq, xususiy klinika faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

 

“Tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

 

Zamon.uz hodisaga yanada oydinlik kiritish maqsadida marhumning yaqinlari bilan uchrashdi va klinikada bo'ldi. Tez orada Zamon.uz'ning YouTube sahifasida hodisa bo'yicha batafsil reportaj e'lon qilinadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda 31 yoshli erkakning burun operatsiyasi vaqtida vafot etishi ortidan klinika faoliyati to‘xtatildi | Zamon.uz