Jahon

Qozog‘istonda tibbiyot xodimlariga hujum qilganlar 12 yilgacha qamaladi

Mazkur qonun bir qator shov-shuvli voqealardan so‘ng qabul qilindi.

Qozog‘istonda tibbiyot xodimlariga hujum qilganlar 12 yilgacha qamaladi

 

Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Majlisi (quyi palata) tibbiyot xodimlari ва tez yordam haydovchilariga nisbatan zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi. Mazkur qaror chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda maʼqullandi deb yozadi TASS.

 

Qabul qilingan qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksiga yangi modda kiritilib, tibbiyot xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik alohida jinoyat tarkibi sifatida belgilandi. Og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilgan zo‘ravonlik uchun 7 yildan 12 yilgacha, og‘irlashtiruvchi holatlarsiz holatlarda esa 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilmoqda.

 

Shuningdek, tibbiyot xodimlarining hayoti ва sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘dirmaydigan zo‘ravonlik harakatlari uchun 7 600 AQSH dollarigacha jarima, 600 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanilishi belgilandi. Tibbiyot xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik bilan tahdid qilish ham jinoyat sifatida baholanib, buning uchun 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.

 

Mazkur qonun bir qator shov-shuvli voqealardan so‘ng qabul qilindi. Jumladan, Qostanay viloyatidagi shifoxonada jarrohga qilingan hujum oqibatida u og‘ir ahvolda reanimatsiyaga yotqizilgan edi. Ushbu holatdan keyin Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev tibbiyot xodimlariga qarshi jinoyatlar uchun jazolarni kuchaytirish bo‘yicha topshiriq bergan.

 

Shuningdek, sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova joriy yil iyul oyida fuqarolarni tibbiyot xodimlariga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatishga chaqirib, tibbiyot muassasalarida xavfsizlik choralari kuchaytirilganini maʼlum qilgan edi.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Qutqaruv ishlari 48 soat davom etgan.

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Migratsiya qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi.

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

Amerika rasmiylari hujumni mudofaa chorasi sifatida ta’riflagan.

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

Muzokaralar 10-11-noyabr kunlari Abu-Dabida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qo‘lga olinganlar ekstremistik guruh tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.