O'zbekiston

Navoiyda ota va bola is gazidan vafot etdi

Karmana tumanida bir oila is gazidan zaharlandi.

Navoiyda ota va bola is gazidan vafot etdi

 

Joriy yilning 18-dekabr kuni Karmana tumanida er va xotin, shuningdek ularning ikki farzandi is gazidan zaharlandi. Bu haqda zamon.uz‘ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

 

Aniqlanishicha, S.Ya. va o‘g‘li S.A. uxlash maqsadida oshxonaga, rafiqasi M.Ya. esa ikkinchi farzandi A.A. bilan yotoqxonada isinish pechini yoqib, uxlagan vaqti pechning mo‘rilaridan chiqqan is gazidan zaharlangan.

 

Buning oqibatida ota va o‘g‘li voqea joyida vafot etgan. Oila bekasi va yana bir farzand zaharlanish tashxisi bilan tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.  

 

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra fuqaro ota-bolaning o‘limi is gazidan o‘tkir zaharlanish natijasida sodir bo‘lganligi aniqlangan.

 

Shuningdek, hozirgi kunda ayol va uning voyaga yetmagan farzandining ahvoli o‘rtacha holatda.  

 

Hodisa sodir bo‘lgan joy tergov-tezkor guruh tomonidan ko‘zdan kechirilib, narsa va ashyolar olinib, tegishli ekspertizalar tayinlangan.

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

“Og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan”: ona va farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Ayol Xabarovskda Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganligi sababli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan to‘xtatilgan.

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

Toshkentda havo sifati: 2-noyabr kuni ertalab yaxshilanishi kutilmoqda

2-noyabrga o‘tar kechasi havo sifati AQI bo‘yicha «nosog‘lom», milliy indeks bo‘yicha esa «zarg‘aldoq» darajaga yetishi mumkin.

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

Toshkentda qiz o‘zini kanalga tashladi: inspektorlar uni qutqarib qoldi

U shifoxonaga yetkazilgani, hozirda ahvoli barqarorligi bildirildi.

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Toshkentda jamoat transporti: 20 ta yo‘nalishda qatnov vaqti uzaytiriladi

Kechki qatnovlar oralig‘i 15–20 daqiqadan oshmasligi belgilangan.

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Metroda 5 vagonli poyezdlar qatnay boshlaydimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Toshkent metropoliteni 20-noyabrgacha 5 vagonli harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yilishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat” nafaqat bilim, balki mustaqil fikrlashni ham rivojlantiradi — Saida Mirziyoyeva

“Zakovat-Gambit” turnirida qatnashchilar soni o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshib, qariyb 6 ming nafarga yetdi.

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

300 mln so‘mlik jarima bilan qo‘rqitib, 4 ming dollar so‘ragan elektrchilar ushlandi

Namanganda 2 nafar elektr xodimi dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan.

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonga yuk tashish qimmatlashadi: ayrim mahsulotlar bundan mustasno

Afg‘onistonlik tadbirkorlar bu o‘zgarish ichki bozordagi mahsulotlar narxiga ta’sir qilishi mumkinligini bildirmoqda.