Jahon

Tramp AQSHga uchta yangi shtat qo‘shilishi haqida hazil qildi

AQSH prezidenti Grenlandiya, Kanada va Venesuelani AQSH shtatlari sifatida tilga oldi.

Tramp AQSHga uchta yangi shtat qo‘shilishi haqida hazil qildi

 

AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatga uchta yangi shtat qo‘shilishi mumkinligi haqida hazil bilan fikr bildirdi. The Washington Post xabariga ko‘ra, 30-yanvar kuni Vashingtondagi kechki tadbirda prezident Grenlandiyani sotib olish niyatida ekanini, Kanadani 51-shtat, Grenlandiyani 52-shtat va Venesuelani 53-shtatga aylantirish mumkinligini hazil tariqasida aytgan.

 

Prezident Tramp Grenlandiyani “51-shtat qilish niyati yo‘qligini” taʼkidlab, bu faqat hazil ekanini bildirgan. U Grenlandiyaga bostirib kirish rejalari yo‘qligini, shunchaki sotib olishni ko‘zlayotganini qayd etdi. Shu bilan birga, Tramp hazil tariqasida Federal Rezerv Kengashi raisiga foiz stavkasini pasaytirmasa, sudga berishi mumkinligini bildirgan.

 

Avvalroq, Tramp Kanada, Grenlandiya va Venesuelaning Qo‘shma Shtatlarga qo‘shilishi haqida chizilgan xaritani ham namoyish etgan. Ushbu xaritada Oq uy rahbari Yevropa yetakchilariga Amerika bayrog‘i ranglariga bo‘yalgan hududlarni ko‘rsatgan. Prezident keyinchalik barcha bayonotlarini hazil sifatida talqin qilishni tavsiya etdi va “Bu hazil, bu komediya kechasi” deb izoh bergan.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.

Husiylar Ar-Riyod aeroportiga hujum qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Husiylar Ar-Riyod aeroportiga hujum qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Ar-Riyod esa javoban Yamandagi husiylar nishonlariga havo zarbalari berdi.