Jahon

Qozog‘iston Prezidenti yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum sanasini belgiladi

Advokatlar va huquq faollari tuzatishlar prezident vakolatlarini kengaytirishi va fuqarolar nazoratini kuchaytirishi mumkinligini bildirmoqda.

Qozog‘iston Prezidenti yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum sanasini belgiladi

 

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 15 mart kuni mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazishni belgilovchi farmonni imzoladi. Bu haqda BBS xabar berdi.

 

Asosiy o‘zgarishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • ikki palatali parlamentdan bir palatali modelga o‘tish;
  • Konstitutsiyaning xalqaro shartnomalardan ustunligini mustahkamlash.

 

Farmon qabul qilinishi bilan Konstitutsiyaviy komissiya tuzatishlarning yakuniy versiyasini eʼlon qildi. Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan maʼlumotlarga qaramay, rus tilining maqomi o‘zgarmagan va norasmiyligi saqlanib qoladi.

 

Avvalroq, yangi Konstitutsiya matnining 80 foizdan ortig‘i qayta yozilgan va 77 ta moddaga tuzatishlar kiritilgani xabar qilingan edi. Prezident Toqayev tuzatishlarning qabul qilinishi Qozog‘iston rivojlanishiga kuchli turtki berishini va har bir fuqaroning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yordam berishini taʼkidladi.

 

“So‘nggi yillardagi siyosiy islohotlarning keng qamrovli ko‘rinishi bizga Qozog‘iston nihoyat superprezidentlik boshqaruv shaklidan voz kechib, nufuzli va taʼsirchan parlamentga ega prezidentlik respublikasiga o‘tganini ko‘rish imkonini beradi”, – dedi davlat rahbari.

 

Biroq, advokatlar va inson huquqlari faollari yangi Konstitutsiya loyihasi prezident vakolatlarini kengaytirib, davlat hokimiyatining boshqa organlarini zaiflashtirishi va fuqarolar ustidan nazoratni kuchaytirishi mumkinligini taʼkidlashmoqda.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"