Jahon

AQSh Suriyadan barcha qo‘shinlarini olib chiqishini ma’lum qildi

Bu orqali mamlakat hududida qariyb o‘n yil davom etgan missiyasini yakunlanmoqda.

AQSh Suriyadan barcha qo‘shinlarini olib chiqishini ma’lum qildi

 

 

AQSh Suriyadagi harbiy qo'shinini to‘liq olib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qildi va shu orqali mamlakat hududida qariyb o‘n yil davom etgan missiyasiga yakun yasamoqda. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Suriyada joylashgan taxminan ming nafar harbiy xizmatchisini bosqichma-bosqich olib chiqishni rejalashtirgan. Ta’kidlanishicha, ushbu qaror AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik bilan bevosita bog‘liq emas.

 

Amerikalik rasmiylar bayonotiga ko‘ra, Oq uy hozirgi sharoitda AQShning Suriyadagi harbiy ishtirokini zarur deb hisoblamayapti. Qaror, shuningdek, asosan kurd kuchlaridan iborat va AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Suriya Demokratik Kuchlari (SDK)ni hukumat armiyasi tarkibiga bosqichma-bosqich qo‘shish jarayonlari bilan ham izohlanmoqda.

 

Bundan tashqari, qo‘shinlarni olib chiqishning yana bir sababi sifatida Suriya hukumat kuchlari bilan ehtimoliy to‘qnashuv xavfini kamaytirish zarurati ko‘rsatilgan. AQSh ma’muriyatidagi yuqori lavozimli manbalarga ko‘ra, Damashq rasmiylari aksilterror operatsiyalarida yetakchi rolni o‘z zimmasiga olayotgani fonida harbiy missiyaning dolzarbligi qayta ko‘rib chiqilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, Suriyadagi Amerika harbiy kontingentining asosiy vazifasi IShID tahdidiga qarshi kurashdan iborat bo‘lgan. AQSh kuchlarining katta qismi mamlakatning shimoli-sharqida SDK bilan hamkorlikda, yana bir qismi esa Al-Tanf harbiy bazasi hududida joylashtirilgan edi.

 

Xabarlarga ko‘ra, AQSh harbiy ishtirokining qisqarishi ayrim xalqaro va amerikalik rasmiylarda xavotir uyg‘otgan. Ularning fikricha, bu holat Damashq va SDK o‘rtasidagi kelishuvlarning zaiflashishiga hamda terrorchilik tahdidlarining qayta faollashishiga zamin yaratishi mumkin.

Fransiyadagi noroziliklar Belgiyaga ham tarqaldi: 200 dan ortiq kishi hibsga olindi

Fransiyadagi noroziliklar Belgiyaga ham tarqaldi: 200 dan ortiq kishi hibsga olindi

Namoyishchilar ta’lim sohasidagi islohotlar va o‘qish to‘lovlarining oshirilishiga qarshi chiqmoqda.

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Kramatorskda avtobuslarga zarba berildi: 33 kishi halok bo‘ldi

Hujumdan so‘ng Kramatorsk va Slovyansk shaharlarida jamoat transporti harakati to‘xtatildi.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

AQSh Suriyadan barcha qo‘shinlarini olib chiqishini ma’lum qildi | Zamon.uz