Sport

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi. Mamlakat sharafini short-trek bo‘yicha Daniil Yeybog hamda tog‘ chang‘isi yo‘nalishida Medet Nazarov himoya qildi.

 

Short-trek bahslarida Daniil Yeybog 1500 metr masofada chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘z guruhida 2:16.963 natija bilan uchinchi bo‘lib yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Keyinchalik “B” finalida qatnashgan sportchi beshinchi bo‘lib marraga yetib keldi va umumiy hisobda ushbu masofani 14-o‘rinda yakunladi.

 

Shuningdek, u 500 metr masofadagi saralash bosqichidan ham muvaffaqiyatli o‘tdi. Chorak final bahslarida marraga beshinchi bo‘lib yetib kelgan Yeybog yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi va short-trek yo‘nalishidagi ishtirokini yakunladi.

 

Tog‘ chang‘isi bo‘yicha Medet Nazarov gigant-slalom dasturida ikki urinishni amalga oshirdi. Birinchi startda 1:25.75, ikkinchi urinishda esa 1:21.14 natija qayd etib, jami 2:46.89 ko‘rsatkich bilan musobaqani 50-pog‘onada yakunladi.

 

Slalom dasturida esa sportchi birinchi startda 1:07.51 natija ko‘rsatdi. Biroq ikkinchi startni yakunlay olmadi va ushbu yo‘nalishdagi bahslarni muddatidan avval tugatdi. Shu tariqa, tog‘ chang‘ichining Olimpiadadagi ishtiroki ham nihoyasiga yetdi.

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"