Jahon

Xitoyda pirotexnika do‘konidagi portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

So‘nggi haftalarda Xitoyda sanoat va pirotexnika bilan bog‘liq bir necha portlash holatlari qayd etilmoqda.

Xitoyda pirotexnika do‘konidagi portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

 

 

Xitoyning Xubey provinsiyasining Syangyang shahrida joylashgan pirotexnika mahsulotlari do‘konida yuz bergan portlash oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TRT ma’lum qildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Oy taqvimi bo‘yicha Yangi yil bayramining ikkinchi kuni, taxminan mahalliy vaqt bilan soat 14:00 atrofida sodir bo‘lgan. Yong‘in va portlash natijasida qariyb 50 kvadrat metr maydon zarar ko‘rgan.

 

Mahalliy hokimiyat vakillari portlash sabablarini aniqlash yuzasidan tergov ishlarini boshlagan. Rasmiylarga ko‘ra, bayram kunlari mushakbozlik va petardalardan keng foydalanilishi xavfsizlik xatarlarini oshiradi.

 

Ta’kidlanishicha, ushbu fojea so‘nggi kunlarda mamlakatda sodir bo‘layotgan sanoat va pirotexnika bilan bog‘liq navbatdagi yirik hodisalardan biri hisoblanadi. Avvalroq Szyansu provinsiyasida pirotexnika do‘konida yuz bergan portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi jarohat olgan edi.

 

Shu munosabat bilan Xitoy Favqulodda vaziyatlar vazirligi butun mamlakat bo‘ylab pirotexnika ishlab chiqarish va savdo obyektlarida xavfsizlik nazoratini kuchaytirishga chaqirdi. Fuqarolarga esa portlovchi buyumlar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, ayniqsa do‘konlar yaqinida sinov o‘tkazish yoki chekish kabi xavfli harakatlardan tiyilish tavsiya etildi.

Janubiy Koreyada imtihon mojarosi: ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Janubiy Koreyada imtihon mojarosi: ta’lim vaziri iste’foga chiqdi

Ta’lim vaziri vaziyatga oldindan tayyorgarlik ko‘rilmagani uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

AQSH dengiz portlari xakerlar nishonida: kiberhujumlar soni keskin oshdi

AQSH dengiz portlari xakerlar nishonida: kiberhujumlar soni keskin oshdi

Mutaxassislar bunday hujumlar yuk tashish va energiya resurslari eksportiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilari hujumi: 12 ta avtomobil yoqib yuborildi

G‘arbiy Sohilda isroillik ko‘chmanchilari hujumi: 12 ta avtomobil yoqib yuborildi

Bosib olingan G‘arbiy Sohildagi bir nechta Falastin qishlog‘ida sodir bo‘lgan hujumlar Isroilda ham siyosiy bahslarga sabab bo‘ldi.

Meksikada narkokartel rahbarini qo‘lga olish operatsiyasi: 11 kishi halok bo‘ldi

Meksikada narkokartel rahbarini qo‘lga olish operatsiyasi: 11 kishi halok bo‘ldi

AQSH Mesa Floresni qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun 5 million dollar mukofot va’da qilgan edi.

G‘azoda oziq-ovqat tarqatayotgan avtomobilga Isroil droni zarba berdi: uch kishi halok bo‘ldi

G‘azoda oziq-ovqat tarqatayotgan avtomobilga Isroil droni zarba berdi: uch kishi halok bo‘ldi

Avtomobil bolalarga oziq-ovqat va ichimlik tarqatish uchun to‘xtashga tayyorlanayotgan paytda raketa bilan urilgani aytildi.

Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar kuchaydi: Eron ikkita raketa uchiruvchi qurilmani namoyish etdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi hujumlar kuchaydi: Eron ikkita raketa uchiruvchi qurilmani namoyish etdi

Raketa qurilmasi namoyishi AQShning Eron raketa dasturini yo‘q qilgani haqidagi bayonotlari fonida amalga oshirildi.

O‘yin sanoatida rekord: GTA VI ilk kunidayoq qariyb 4 milliard dollar daromad keltirdi

O‘yin sanoatida rekord: GTA VI ilk kunidayoq qariyb 4 milliard dollar daromad keltirdi

Bu ko‘rsatkich 2013-yilda chiqarilgan GTA V’ning dastlabki uch kunlik 1 milliard dollarlik natijasidan qariyb to‘rt baravar yuqori.

Yevropada antibiotiklarga chidamli bakteriya tarqalishi xavfi oshmoqda: JSST ogohlantirdi

Yevropada antibiotiklarga chidamli bakteriya tarqalishi xavfi oshmoqda: JSST ogohlantirdi

Klebsiella pneumoniae sababli yuzaga kelgan qon infeksiyalari 2019–2025-yillarda 72 foizga oshdi.