Jahon

AQSH Oliy sudi Trampning ayrim tariflarini noqonuniy deb topdi

AQSH prezidenti barcha mamlakatlar importiga 10 foizlik global boj joriy etdi.

AQSH Oliy sudi Trampning ayrim tariflarini noqonuniy deb topdi

 

AQSH Oliy sudi Donald Trampning import tovarlariga bojlar joriy etish vakolatini ortiqcha ishlatganini bildirib, ayrim tariflarni noqonuniy deb topgan. Sud qarori 6-3 ovoz bilan qabul qilingan. Uch liberal sudya — Ketanji Braun Jekson, Elena Kagan, Sonia Sotomayor — va uch konservativ sudya — Emi Koni Barrett, Nil Gorsuch, Jon Roberts — tariflarni bekor qilishga ovoz bergan. Sudyalar Brett Kavanaugh, Samuel Alito, Klarens Tomas qarshi chiqqan. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Sud qarorida Tramp milliy favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi qonunga tayangan holda katta tariflarni joriy etish orqali o‘z vakolatlarini oshirib yuborganligi qayd etilgan. Oliy sud shuningdek, Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar to‘g‘risidagi qonunga binoan prezidentga barcha mamlakatlardan tarif joriy etish vakolati berilmasligini belgilagan.

 

Qaror eʼlon qilinganidan so‘ng, Tramp noroziligini bildirgan va barcha mamlakatlar importiga 10 foiz global boj joriy etish to‘g‘risida farmon imzolagan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, 1974 yilgi Savdo to‘g‘risidagi qonunning 122-bo‘limi unga Kongress roziligisiz barcha mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga 150 kungacha 15 foizgacha bojlar joriy etish imkonini beradi.

 

AQSH Moliya vaziri Skott Bessentning maʼlum qilishicha, Oliy sud prezidentning taʼsirini ayrim jihatlarda cheklagan bo‘lsada, u global tariflarni joriy etish vakolatini saqlab qolgan.

 

Tramp shuningdek, sud tomonidan bekor qilingan tariflar bo‘yicha kompaniyalarga kompensatsiya to‘lashni rejalashtirmayotgani va bu masala hali Oliy sud tomonidan ko‘rilmaganini taʼkidlagan.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.

AQSH Oliy sudi Trampning ayrim tariflarini noqonuniy deb topdi | Zamon.uz