Jahon

Avstraliyada insoniyat tarixini saqlovchi “qora quti” loyihasi amalga oshirilmoqda

Global inqiroz yuz bersa, ushbu “qora quti” kelajak avlodlarga insoniyat tarixida nima bo‘lganini tushunishga yordam beradi.

Avstraliyada insoniyat tarixini saqlovchi “qora quti” loyihasi amalga oshirilmoqda

 

Tasmaniyaning g‘arbiy qismida Earthʼs Black Box loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida taxminan o‘n metr uzunlikdagi po‘lat monolit quriladi, u insoniyat tarixini va uning yo‘q bo‘lishining mumkin bo‘lgan sabablarini qayd etishga mo‘ljallangan. Bu haqda BILD nashri xabar berdi.

 

Qalinligi 7,5 santimetr bo‘lgan po‘lat konstruksiya geologik jihatdan barqaror bo‘lib, uzoq joyda granit asosga o‘rnatiladi. Loyiha mualliflari orasida Tasmaniya Universiteti, Slemenger BBDO agentligi va The Glue Society sanʼat guruhi mavjud.

 

Qurilma quyosh energiyasi bilan ishlaydi va asrlar davomida avtonom xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Ichida atmosferadagi SO₂ kontsentratsiyasi, havo va okean harorati, dengizlarning kislotalanish darajasi, energiya isteʼmoli, siyosiy qarorlar, yangiliklar va ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlarni doimiy yozib boruvchi maʼlumot saqlash tizimlari joylashtiriladi.

 

Loyiha mualliflari taʼkidlashicha, global inqiroz yuz bersa, ushbu “qora quti” kelajak avlodlarga insoniyat tarixida nima bo‘lganini tushunishga yordam beradi. Tizimning to‘liq ishga tushirilishi 2026-yilga qadar rejalashtirilgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.