Jahon

Tojikiston transplantatsiya markazi O‘zbekistondagi organ savdosi bilan aloqadorligini rad etdi

Avvalroq, o‘zbekistonlik er-xotin ijtimoiy tarmoqlar orqali donorlarni jalb qilishi va ularni transplantatsiya uchun Tojikistonga yuborishi haqida xabar berilgan edi.

Tojikiston transplantatsiya markazi O‘zbekistondagi organ savdosi bilan aloqadorligini rad etdi

 

O‘zbekistonda inson organlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyati bo‘yicha tergov olib borilayotgan bir paytda, Tojikiston Milliy organ va to‘qimalarni transplantatsiya qilish ilmiy markazi (Istiqlol klinikasi) muassasaning noqonuniy jarrohlik amaliyotlari bilan aloqasi yo‘qligini rasman maʼlum qildi.

 

Avvalroq, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati ijtimoiy tarmoqlar orqali donorlarni jalb qilgan va ularni transplantatsiya uchun Tojikistonga yuborgan jinoiy guruh faoliyatini to‘xtatgani xabar qilingan edi. Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, bu sxema ilgari sudlangan 37 yoshli erkak va uning rafiqasi tomonidan tashkil etilgan. Ular yordam va xayriyaga chaqiruvchi videolar orqali moliyaviy qiyinchilikda bo‘lgan shaxslarni nishonga olib, ularning organlarini sotishni taklif qilgan.

 

Markaz direktori Saidmahmud Ismoilzoda Asia-Plus nashriga bergan bayonotida muassasaning faoliyati milliy qonunchilik va xalqaro bioetika standartlariga muvofiq tashkil etilishini taʼkidladi. Har bir transplantatsiya jarayoni bir nechta bosqichli tekshirishni o‘z ichiga oladi: donor va qabul qiluvchining oilaviy munosabatlari, rasmiy hujjatlar orqali tasdiqlanadi, tibbiy ko‘rikdan tashqari psixologik baholashdan o‘tkaziladi va Sog‘liqni saqlash vazirligi mustaqil axloq komissiyasi tomonidan yakuniy ruxsat beriladi.

 

Markaz barcha bosqichlarni rasmiy bayonnomalarda qayd etishni, shuningdek, noqonuniy jarayonlar ehtimolini yo‘q qilishni kafolatlaydi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"