O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-fevral kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari safarini anʼanaga muvofiq, Termiz shahridagi buyuk alloma Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.

 

Ziyorat chogʻida Qurʼon tilovat qilinib, yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga farovonlik tilab duo qilindi. Shundan soʻng ulamolar bilan samimiy suhbat boʻlib oʻtdi.

 

Muloqot davomida islom dini rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk mutafakkir Hakim Termiziyning boy maʼnaviy-maʼrifiy merosini chuqur oʻrganish, uni yurtdoshlarimiz hamda xalqaro jamoatchilik oʻrtasida keng targʻib qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Shuningdek, muqaddas dinimizning ezgulik, insonparvarlik, mehr-shafqat kabi yuksak fazilatlari, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirishning ahamiyati taʼkidlandi. Shu asosda yosh avlodni ezgu gʻoyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamlash zarurligi qayd etildi.

 

Keyingi yillarda taʼmirlanib, yanada obod va goʻzal majmuaga aylantirilgan ushbu tabarruk maskanda ziyoratchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Hudud keng koʻlamda obodonlashtirilib, maqbarada ham salmoqli qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan. Jumladan, zamonaviy yoritish vositalari, isitish va sovitish tizimlari oʻrnatilgan.

 

Majmuada qulay mikroiqlim yaratish maqsadida toʻrt mingdan ortiq, qariyb 40 turdagi koʻp yillik manzarali daraxtlar hamda 20 mingdan ziyod mavsumiy gullar ekilgan.

 

Islom ilmlarining tafsir, hadis, fiqh, kalom, islom falsafasi, tasavvuf tarixi va tasavvufiy qarashlar kabi yoʻnalishlarida koʻplab asarlar yaratgan mutafakkir majmuasini obod holda saqlash, ziyoratchilar uchun qulayliklarni yanada kengaytirish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

custom img

Prezident topshirig‘i bilan podpolkovnik Dilnoza Redjabovaga polkovnik unvoni berildi

U IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmatida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ham ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekiston TIV Saudiya Arabistoniga hujumdan xavotir bildirdi

Vazirlik tinch aholi, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatilishini hamda Yaqin Sharq davlatlari xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoraladi.

custom img

Noqonuniy diniy taʼlim va giyohvandlik: sobiq imom-xatib 3,5 yilga qamaldi

Sobiq imom-xatib 5 nafar voyaga yetmaganga noqonuniy diniy taʼlim bergani va giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilgani uchun 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

custom img

Dars o‘rniga janjal: tekshiruv boshlandi

Qarshidagi maktabda o‘quvchilar janjali yuzasidan surishtiruv boshlandi.

custom img

Jalolobodda zilzila: O‘zbekistonning ikki viloyatida ham sezildi

Qirg‘izistonda 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi.

custom img

“Majlis o‘tkazmadim”: Kattaxonova dam olish kunidagi qabulga izoh berdi

Uning aytishicha, jarayonga hududlardagi xodimlar jalb qilinmagan.

custom img

Bolaga zo‘ravonlik qilishning bahosi: 1 yillik ta'qiq

Bolalarni kamsitgan, xo‘rlagan yoki ularga jismoniy zo‘ravonlik qilgan pedagoglar uchun maʼmuriy javobgarlik joriy etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"