O'zbekiston

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-fevral kuni Surxondaryoga tashrifi davomida, Termiz tumanidagi “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

 

Davlat rahbari dastlab suv xo‘jaligida mahalliylashtirilgan texnika va uskunalar taqdimoti bilan tanishib, suv tejash texnologiyalari va zamonaviy irrigatsiya tizimlarini mahalliy sharoitda ishlab chiqarish orqali xarajatlarni kamaytirish, iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslaridan oqilona foydalanish, fermer va aholining talabini tezkor ta’minlash mumkinligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish zarurati qayd etildi.

 

“Tomorqa maktabi” aholiga tomorqalaridan samarali foydalanish, serdaromad ekin turlarini joriy etish, mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va qadoqlashning zamonaviy usullarini oʻrgatishga ixtisoslashgan. Muassasa banklarning moliyaviy ko‘magida faoliyat yuritadi va ishsiz hamda kam taʼminlangan oilalarning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga koʻmaklashadi.

 

Innovatsion maktab Termiz, Muzrabot, Qiziriq, Bandixon, Angor va Jarqoʻrgʻon tumanlarini qamrab oladi. U tarkibida oʻquv binosi, uch gektar issiqxona hamda uch gektar oʻquv-tajriba maydoni mavjud. Issiqxonada Surxondaryo sharoitiga moslashtirilgan banan, papayya, limon, anjir, brokkoli, bulgʻor qalampiri va boshqa ekinlar yetishtirilmoqda. Shu bilan birga koʻchatchilik, gulchilik va tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan.

 

Maktabda bir yilda uch marta hosil olish amaliyoti oʻqitilmoqda. Oʻquv jarayoniga olimlar, mutaxassislar va tajribali dehqonlar jalb etilgan. Shu paytgacha 1300 nafarga yaqin ishsiz va kambagʻal oila aʼzosi maxsus kurslarni tugatib, oʻz tomorqasi yoki ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali oʻzini band qilgan. Hokim yordamchilari har oyda 220 nafardan, yiliga 2700 nafargacha tomorqa va ijara yer egalarini oʻqishga yoʻnaltirmoqda, yo‘llanma yoki vaucher tizimi orqali xarajatlar qoplab beriladi.

 

Kursda qatnashuvchilarga yuqori daromadli ekinlar ekish va bir sotix yerdan oʻrtacha 10–15 million so‘m daromad olish metodikasi amaliyotda koʻrsatib beriladi. “Agrostar” kompaniyalari tinglovchilarni urug‘ va koʻchatlar bilan taʼminlab, yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilishni tashkil etadi.

 

Davlat rahbari maktabda tomorqadan uch marta hosil olish amaliyoti, sanoatlashgan bogʻlar va suv tejovchi texnologiyalar taqdimoti bilan tanishdi, meva-sabzavotlarni qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Shu bilan birga, hudud uchun yangi o‘simliklar, shu jumladan sitrus va tropik mevalarni yetishtirish muhimligi ta’kidlandi.

custom img

Prezident topshirig‘i bilan podpolkovnik Dilnoza Redjabovaga polkovnik unvoni berildi

U IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmatida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ham ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekiston TIV Saudiya Arabistoniga hujumdan xavotir bildirdi

Vazirlik tinch aholi, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatilishini hamda Yaqin Sharq davlatlari xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoraladi.

custom img

Noqonuniy diniy taʼlim va giyohvandlik: sobiq imom-xatib 3,5 yilga qamaldi

Sobiq imom-xatib 5 nafar voyaga yetmaganga noqonuniy diniy taʼlim bergani va giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilgani uchun 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

custom img

Dars o‘rniga janjal: tekshiruv boshlandi

Qarshidagi maktabda o‘quvchilar janjali yuzasidan surishtiruv boshlandi.

custom img

Jalolobodda zilzila: O‘zbekistonning ikki viloyatida ham sezildi

Qirg‘izistonda 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi.

custom img

“Majlis o‘tkazmadim”: Kattaxonova dam olish kunidagi qabulga izoh berdi

Uning aytishicha, jarayonga hududlardagi xodimlar jalb qilinmagan.

custom img

Bolaga zo‘ravonlik qilishning bahosi: 1 yillik ta'qiq

Bolalarni kamsitgan, xo‘rlagan yoki ularga jismoniy zo‘ravonlik qilgan pedagoglar uchun maʼmuriy javobgarlik joriy etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"