Jahon

BAA, Qatar va Bahrayn havo hududi vaqtincha yopildi

Abu-Dabida portlashlar qayd etilgan.

BAA, Qatar va Bahrayn havo hududi vaqtincha yopildi

 

Fors ko‘rfazi mamlakatlari — Bahrayn, Qatar hamda BAA mintaqadagi keskin vaziyat sabab o‘z havo hududlarini vaqtincha yopganini ma’lum qildi.

 

TASS agentligi xabariga ko‘ra, Qatar va Bahrayn o‘z hududlarida fuqarolik reyslarini to‘liq cheklagan. BAA esa xavfsizlik chorasi sifatida havo hududini qisman yopganini bildirgan.

 

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Abu-Dabida portlashlar qayd etilgan. Shuningdek, Bahrayn va Qatardagi AQSh harbiy bazalariga nisbatan raketa zarbalari berilgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqalgan.

 

Rossiyaning Qatardagi elchixonasi Rossiya fuqarolarini ehtiyotkor bo‘lishga, harbiy inshootlardan uzoqroq yurishga va zarurat bo‘lmaganda tashqariga chiqmaslikka chaqirgan.

 

Avvalroq Eron ham Isroil bilan bog‘liq harbiy keskinlik ortidan o‘z havo hududini yopgan edi. Rossiya Transport vazirligi esa Rossiya aviakompaniyalarining BAAga parvoz yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritilishini e’lon qilgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"