O'zbekiston

Eron bilan mojaro fonida Isroil Al-Aqso masjidida juma namozini bekor qildi

Bu qaror musulmonlarning muqaddas Ramazon oyi boshlanganidan beri Isroil tomonidan islomning uchinchi muqaddas maskanida joriy etilgan cheklovlarning navbatdagisi bo‘ldi.

Eron bilan mojaro fonida Isroil Al-Aqso masjidida juma namozini bekor qildi

Isroilning Fuqarolik ma’muriyati bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidida juma namozini bekor qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Bu qaror musulmonlarning muqaddas Ramazon oyi boshlanganidan beri Isroil tomonidan islomning uchinchi muqaddas maskanida joriy etilgan cheklovlarning navbatdagisi bo‘ldi.

 

Fuqarolik ma’muriyati rahbari brigada generali Hisham Ibrohim payshanba kuni Isroil armiyasining Al-Munasiq platformasi orqali bayonot berib, qaror Eron tomonidan “Isroil va butun mintaqaga” qarshi javob zarbalari berilgani ortidan qabul qilinganini aytdi. 28- fevral kuni Isroil va uning yaqin ittifoqchisi AQSh Eronga qarshi harbiy hujum boshlagan edi. 

 

Isroilning bosib olingan G‘arbiy Sohildagi boshqaruv organi rahbari so‘zlariga ko‘ra, juma kuni Quddusning Eski shahridagi barcha muqaddas maskanlar — G‘arbiy devor, Ma’bad tog‘i va Muqaddas Qabr cherkovi ham yopilib, bu yerda barcha din vakillariga ibodat qilish yoki tashrif buyurish taqiqlanadi.

 

Ma’lumotlarga ko‘rsa, Eronning javob raketa zarbalari oqibatida Isroilda hozirgacha 10 kishi halok bo‘lgan. Isroil va AQShning Eronga bergan zarbalari esa kamida 1 230 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.

 

AQSh–Isroilning Eronga qarshi urushi boshlanganidan beri Isroil rasmiylari faqat shu hududda yashovchilar va do‘kon egalariga Eski shaharga kirishga ruxsat bermoqda.

 

Al-Aqso masjidining katta imomlaridan biri shayx Ikrima Sabriy Isroilning masjidni yopish qarorini keskin tanqid qildi.

 

“Bosqinchi hokimiyat har qanday vaziyatdan foydalanib Al-Aqsoni yopmoqda. Bu mutlaqo asossiz,” dedi u Al Jazeera'ga bergan intervyusida.

 

Biroq Isroil tomonidan joriy etilgan cheklovlar urush boshlanishidan avval ham mavjud edi. O‘tgan oy Isroil rasmiylari Ramazon oyidagi ilk juma namozida G‘arbiy Sohildan faqat 10 ming nafar falastinlikning masjid hududiga kirishiga ruxsat berilishini e’lon qilgan edi. 

 

Bu avvalgi yillardagi ishtirokchilar sonining juda kichik qismi hisoblanadi. Al-Aqso majmuasi bir vaqtning o‘zida yarim milliongacha odamni sig‘dira oladi.

 

Quddusning Eski shahri bosib olingan Sharqiy Quddusda joylashgan bo‘lib, Isroil bu hududni 1967 yilda egallagan va keyinchalik anneksiya qilgan. Bu harakat xalqaro huquqqa zid hisoblanadi.

 

Al-Aqso majmuasining ma’muriy boshqaruvi Iordaniya zimmasida bo‘lsa-da, hududga kirish-chiqish Isroil xavfsizlik kuchlari tomonidan nazorat qilinadi.

 

Ko‘p yillardan beri amal qilib kelayotgan “status-kvo” tartibiga ko‘ra, yahudiylar va boshqa musulmon bo‘lmaganlar majmuaga ma’lum soatlarda tashrif buyurishlari mumkin, biroq u yerda ibodat qilish yoki diniy ramzlarni namoyish etish taqiqlangan.

 

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir bir necha bor Al-Aqso majmuasida yahudiylar ibodat qilish huquqiga ega bo‘lishi kerakligini aytgan hamda amaldagi “status-kvo” tartibiga qarshi chiqib keladi. 2024 yilda u majmua hududida sinagoga qurish niyatini ham bildirgan.

O‘zbekistonliklarning xorijda qolib ketgan maoshlari undirildi: 850 ming dollar qaytarildi

O‘zbekistonliklarning xorijda qolib ketgan maoshlari undirildi: 850 ming dollar qaytarildi

Xorijdagi 817 nafar o‘zbekistonlikning ish haqi va kompensatsiyalar bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqdi.

Rulda uxlash oqibati: Andijonda yuk mashinasi YTHga uchradi

Rulda uxlash oqibati: Andijonda yuk mashinasi YTHga uchradi

Yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketib, yaqin atrofdagi turar joylarga zarar yetkazdi.

Suvni ortiqcha olganlarga moliyaviy jazo: 2027-yildan yangi tartib kuchga kiradi

Suvni ortiqcha olganlarga moliyaviy jazo: 2027-yildan yangi tartib kuchga kiradi

Suv olish limitidan oshish, shartnomasiz yoki ruxsatnomasiz suv olish qoidabuzarlik hisoblanadi.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.