O'zbekiston

Suvni ortiqcha olganlarga moliyaviy jazo: 2027-yildan yangi tartib kuchga kiradi

Suv olish limitidan oshish, shartnomasiz yoki ruxsatnomasiz suv olish qoidabuzarlik hisoblanadi.

Suvni ortiqcha olganlarga moliyaviy jazo: 2027-yildan yangi tartib kuchga kiradi

 

Hukumatning 2026-yil 21-oktabrdagi 585-son qarori bilan qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, sanoat, energetika va xo‘jalik-maishiy ehtiyojlar uchun suv olish tartibini buzganlik yuzasidan moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash tartibi tasdiqlandi.

 

Qarorga ko‘ra, quyidagi holatlar suv olish tartibini buzish hisoblanadi:

  • belgilangan limitdan ortiqcha suv olish;

  • suv olish shartnomasini rasmiylashtirmasdan suv olish;

  • suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlamaslik;

  • suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomasiz suv olish;

  • o‘zboshimchalik bilan suv olish.

 

Birinchi marta qoidabuzarlik sodir etilganda Inspeksiya yuridik shaxsni “suvnazorat.uz” elektron platformasi orqali ogohlantiradi va tegishli ko‘rsatma beradi. Qoidabuzarlik 10 kun ichida bartaraf etilmasa, moliyaviy sanksiya qo‘llaniladi.

 

Sanksiya har ming kub metr suv uchun bazaviy hisoblash miqdori (BHM) asosida, Suv kodeksining 164-moddasida belgilangan foiz miqdorida hisoblanadi. Sanksiya qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida qoidabuzarlik takrorlansa, uning miqdori besh baravar etib belgilanadi.

 

Moliyaviy sanksiyalarni to'lash tartibi

  • Qaror va sanksiya hisob-kitobi olingan kundan boshlab bir oy ichida sanksiya summasining 50 foizi ixtiyoriy to‘lansa, yuridik shaxs qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi.

  • Sanksiya summasini olti oydan kechiktirmasdan, har oyda kamida oltidan bir qismini to‘lash orqali bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin. Dastlabki to‘lov bir oy ichida amalga oshirilsa, ushbu tartib avtomatik qo‘llanadi.

  • Sanksiya ixtiyoriy to‘langanida, huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilmagan deb hisoblanadi.

 

Agar sanksiya bir oy ichida ixtiyoriy to‘lanmasa, Inspeksiya sudga da’vo arizasi kiritadi. Qaror ustidan shikoyat berilganida, u ko‘rib chiqilgunga qadar sanksiyani qo‘llash jarayoni va muddati to‘xtatib turiladi.

 

Sud sanksiyani noqonuniy yoki asossiz deb topsa, to‘langan mablag‘lar 15 kun ichida qaytariladi. Mablag‘ o‘z vaqtida qaytarilmagan har bir kalendar kun uchun Markaziy bank asosiy stavkasining uch yuzdan bir qismi miqdorida foiz to‘lanadi.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.