Jahon

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti kuniga atigi to‘rt soat uxlashi va qolgan 20 soatini ish bilan o‘tkazishini maʼlum qildi.

“Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman” — Sadir Japarov



Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov kuniga to‘rt soat uxlashi va qolgan vaqtini ishga sarflashini aytdi. U bu haqda Jalolobod viloyatining Bozor-Qo‘rg‘on tumani aholisi bilan uchrashuvda fuqarolarning shaxsiy qabulga kira olmayotgani haqidagi shikoyatiga javoban maʼlum qildi.


Uchrashuvda qatnashgan fuqarolardan biri prezident bilan shaxsan uchrashishga bir necha bor uringanini, biroq bunga erisha olmaganini aytgan.


Bunga javoban Sadir Japarov mamlakatda 7,5 millionga yaqin fuqaro borligi va ularning barchasini shaxsan qabul qilishning imkoni yo‘qligini tushuntirgan.


“Uchrashuvga kira olmayapman, demang. Sizlar 7,5 million kishisiz, men esa bittaman. Agar hamma meni ko‘rgani kelsa, barchasini qabul qila olmasdim. Mening o‘z ish jadvalim bor. 24 soatdan atigi to‘rt soat uxlayman, qolgan 20 soatni ishda o‘tkazaman”, — degan u.


Prezident bunday jadval bilan ham barcha muammolarni hal qilish uchun vaqt yetishmasligini qo‘shimcha qilgan.


Shuningdek, Sadir Japarov ayrim huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari haqida shikoyat qilgan fuqaroning murojaatini tekshirishni masʼul shaxslarga topshirgan. U fuqarolardan noqonuniy ravishda pul talab qilingan-qilinmaganini, mablag‘ni kim va qancha miqdorda olganini aniqlash zarurligini taʼkidlagan.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSh Saudiya Arabistonidagi elchixona xodimlarini olib chiqmoqda

Shunga o‘xshash xavfsizlik choralari Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda ham ko‘rilmoqda.

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

Qirg‘iz tilini bilish sinovi: Prezidentlikka nomzodlar ham imtihondan o‘ta olmadi

2026-yil yanvaridan oktabrigacha davlat tili imtihonini birinchi marta topshirganlarning 17,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan.

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Brent nefti narxi 115 dollardan oshdi: narxlar may oyidan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Narxlarning ko‘tarilishiga AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy zarbalarni qayta boshlashi mumkinligi haqidagi xabarlar ham ta’sir ko‘rsatdi.

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Iordaniyada cherkovga qurolli hujum: yetti kishi halok bo‘ldi, 34 kishi yaralandi

Dafn marosimi vaqtida cherkovga bostirib kirgan qurollangan shaxslar o‘t ochgan.

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tayvanda “Champi” to‘foni xavfi: qariyb mingta aviareys bekor qilindi

Tabiiy ofat oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 163 kishi jarohatlandi.