O‘zbekistonliklarning xorijda qolib ketgan maoshlari undirildi: 850 ming dollar qaytarildi
Xorijdagi 817 nafar o‘zbekistonlikning ish haqi va kompensatsiyalar bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqdi.

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Migratsiya agentligi xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning ish haqi va kompensatsiyalarini undirishda yordam berdi. Natijada chet ellik ish beruvchilardan fuqarolar foydasiga jami 850 ming AQSh dollari undirib berildi.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, shu davrda maosh va kompensatsiyalar bilan bog‘liq muammolar yuzasidan 817 nafar fuqaro murojaat qilgan.
Murojaatlar davlatlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
-
Rossiya — 533 ta;
-
Turkiya — 155 ta;
-
Janubiy Koreya — 92 ta;
-
boshqa davlatlar — 37 ta.
Bundan tashqari, 532 nafar o‘zbekistonlikning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari vositachilar va xorijiy ish beruvchilardan qaytarib olindi.
Hujjatlarni qaytarish holatlarining 331 tasi Rossiya, 185 tasi Turkiya, 11 tasi Qozog‘iston va 5 tasi Janubiy Koreyaga to‘g‘ri keladi.








