Jinoyat

Samarqandda maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi avtomobil 5 yoshli qizchani urib ketdi

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB ma’lumot berdi.

Samarqandda maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi avtomobil 5 yoshli qizchani urib ketdi

Samarqand viloyatida voyaga yetmagan haydovchi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 22-mart kuni soat taxminan 11:55 da Urgut tumanidagi “Chor chinor” mahallasida Gentra rusumli avtomobil 5 yoshli qizchani urib yuborgan.

 

Hodisani sodir etgan haydovchi voqea joyidan qochib ketib, jabrlanuvchini xavfli holatda qoldirgan.

 

Tezkor choralar natijasida huquqbuzar aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u mahalliy maktablardan birining 11-sinf o‘quvchisi bo‘lib, transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqargan.

 

Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish materiallari sudga yuborilgan. Avtomobil esa jarima maydoniga joylashtirilgan.

 

Hodisa oqibatida jabrlangan 5 yoshli qizcha shifoxonaga yotqizilgan.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Samarqandda maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi avtomobil 5 yoshli qizchani urib ketdi | Zamon.uz