Jinoyat

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Andijon viloyatida fuqaroning xorijga chiqishiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlab berishni va’da qilgan tijorat banki bosh mutaxassisi ushlandi.

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tijorat bankining Andijon hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi B.U. qo‘lga olingan.

 

Qayd etilishicha, u fuqaro A.A.ning bank krediti bo‘yicha qarzdorligi sabab Majburiy ijro byurosi tomonidan qo‘yilgan xorijga chiqish taqiqini olib tashlab berish evaziga 5,5 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.