Jinoyat

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Toshkentda 41 yoshli fuqaro litsenziyasiz ravishda kripto-aktivlarni noqonuniy o‘tkazish va ayirboshlash bilan shug‘ullangani aniqlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 1985-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro 2021–2025-yillar davomida qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziya olmagan holda mobil telefoni orqali Binance xalqaro kripto-birjasida maxsus akkaunt ochgan.

 

U ushbu akkaunt orqali qariyb 700 ta kriptoaktiv oldi-sotdi operatsiyasini amalga oshirgan. Operatsiyalarning dastlabki qiymati 683 ming AQSH dollari, ya’ni 9 milliard so‘mdan ortiqni tashkil qilgan.

 

Fuqaro mazkur kriptoaktivlarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish va ayirboshlash bilan shug‘ullangani aniqlangan.

 

Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.