Jinoyat

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Farg‘ona viloyatida 2007-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan yigit firibgarlik va kiberjinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi. U ijtimoiy tarmoqlarda xayriya uchun yig‘ilgan mablag‘larni o‘zlashtirgani aniqlangan.

 

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida gumondorning O‘zbekistonda kriptoaktivlar savdosi bilan bog‘liq qonunchilik talablarini muntazam buzib kelgani ham aniqlangan.

 

U noqonuniy muomalaga kiritgan kriptoaktivlarning umumiy qiymati 408 ming AQSH dollaridan oshgan. Bu milliy valyutada 4 milliard 894 million 152 ming so‘mni tashkil etadi.

 

Surishtiruv davomida yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangani aniqlangan.

 

Xususan, u Instagram’da bemor uchun xayriya mablag‘lari yig‘ilayotganini ko‘rib, Telegram’da bloger nomidan soxta akkaunt ochgan. U bemor nomidan mablag‘ yig‘ayotgan shaxsga yozib, kartaga tushgan pullarni vaqtincha o‘z hisobiga o‘tkazib turishni, keyinchalik naqd holatda yetkazib berishini aytgan.

 

Shu yo‘l bilan u jabrlanuvchidan qariyb 43 million so‘mni o‘zlashtirgan. Shuningdek, jabrlanuvchining tanishi bo‘lgan Paynet shoxobchasi xodimidan ham shu bahona bilan 30 million so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘z kartasiga o‘tkazdirgan.

 

Gumondor tergov davomida o‘zlashtirilgan mablag‘larning bir qismini onlayn totalizator hisobiga o‘tkazib, yutqazganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jami 76 million so‘mni totalizatorda tikib, boy bergan.

 

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” va “v” bandlari hamda 278¹⁸-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

custom img

Farg‘onadagi qotillik: buvisini o‘ldirgan yigit 17 yilga qamaldi

U jinoyat ishlarini yashirish uchun buvisining uyiga o‘t qo‘ygan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"