Jinoyat

O‘zbekistonda ikki narkojinoiy guruh fosh etildi

Guruhning 7 nafar a’zosi qo‘lga olindi.

O‘zbekistonda ikki narkojinoiy guruh fosh etildi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yirik narkojinoyat tarmoqlari fosh etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

 

Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, ikki uyushgan jinoiy guruhning 7 nafar a’zosi qo‘lga olingan.

 

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, transmilliy jinoiy uyushma a’zolari qo‘shni davlatdan Toshkent orqali Rossiyaga katta miqdordagi giyohvandlik vositalarini kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tishni rejalashtirgan.

 

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahrining Yangihayot tumanida joylashgan dala maydoniga yashirilgan 71 kilogramm 84 gramm giyohvandlik vositasini olib ketayotgan 4 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular mazkur giyohvand moddalarni Rossiyada yashovchi tanishining ko‘rsatmasi asosida olib, xorijga yuborishi kerak bo‘lgan. Ushbu holat orqali 355 mingdan ortiq dozadagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

 

Tezkor tadbirlar Surxondaryo viloyatining Denov tumanida ham davom ettirildi. Bu yerda 1969-yilda tug‘ilgan shaxs 150 ming AQSH dollari evaziga 8 kg giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ushlandi. 

 

Tergov davomida u ushbu moddalarni tanishidan olgani aniqlanib, keyinchalik yana ikki shaxs ham qo‘lga olindi. Natijada qo‘shimcha ravishda 40 ming dozaga teng giyohvandlik vositalarining tarqalishining oldi olindi.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.

 

Shuningdek, Andijon shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi ham fosh etildi. Bir ayol va ikki erkak “Tropikamid” va “Pregabalin” preparatlarini noqonuniy saqlab, realizatsiya qilmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Ko‘zdan kechirish jarayonida gumonlanuvchilardan jami 6,5 ming donaga yaqin “Regapen” va “Tropikamid” nomli dori vositalari, shuningdek noma’lum suyuqlik va kapsulalar musodara qilindi.

 

Ushbu holat yuzasidan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

O‘zbekistonda ikki narkojinoiy guruh fosh etildi | Zamon.uz