Jinoyat

Samarqandda AQSHdan jo‘natilgan narkotik to‘xtatib qolindi

U elektron tamaki ichiga solingan holda va kuryerlik orqali yuborilgan.

Samarqandda AQSHdan jo‘natilgan narkotik to‘xtatib qolindi

Samarqand viloyatida Amerikadan jo‘natma sifatida yuborilgan giyohvandlik moddalari to‘xtatib qolindi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati xabar berdi. 

 

Qayd etilishicha, kuryerlik jo‘natmalari orqali giyohvandlik moddalarining olib kirilishi va realizatsiyasiga qarshi navbatdagi tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan. 

 

Tezkor tadbir davomida Samarqand shahrida yashovchi ikki nafar fuqaro AQSHdan yuborilgan, ichida 75 gr og‘irlikdagi jami 68 dona “gashish moyi” mavjud bo‘lgan elektron sigaret (veyp)lar solingan jo‘natmani qabul qilib olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

 

Eslatib o‘tamiz, respublika bojxonachilari tomonidan joriy yilning shu davriga qadar 208 ta holatda salkam 558 kg giyohvandlik vositalarining olib o‘tilishi oldi olingan.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.