Jinoyat

Sifati kafolatlanmagan dori vositalari fosh etildi

Yaroqlilik muddati tugagan dori vositalarining 2025-2026-yillarda ishlab chiqarilgan degan ma’lumotlar bilan qayta qadoqlanib, sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Sifati kafolatlanmagan dori vositalari fosh etildi

Parkent tumanidagi “Parkent erkin iqtisodiy” zonasida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi MCHJ tekshirilganda sifati kafolatlanmagan dori vositalari topildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tekshiruv natijasida korxona omborxonasida yaroqlilik muddati tugagan 55 840 dona “Menovazin”, 25 000 dona “Vodorod peroksidi”, 50 800 dona “Etil spirti” hamda 28 million 270 mingdan ortiq yorliq va etiketkalar saqlanayotgani aniqlangan. 

 

Ma’lum bo‘lishicha, yaroqlilik muddati tugagan dori vositalari 2025-2026-yillarda ishlab chiqarilgan degan ma’lumotlar bilan qayta qadoqlanib, sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

 

Shu bilan birga, poytaxtda Farg‘ona shahrida yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro to‘xtatilib, uning qo‘l yuklari tekshirilganda, O‘zbekistonga olib kirilishi taqiqlangan, taxminiy qiymati 763 mln so‘mni tashkil etuvchi 19 turdagi jami 6 597 dona dori vositalari aniqlandi.

 

Dastlabki surishtiruv jarayonida mazkur shaxs dori vositalarini Hindistondan olib kelib, sotishni 1984-yilda tug‘ilgan tanishi bilan birgalikda amalga oshirishi ma’lum bo‘ldi. Uning xonadoni ham ko‘zdan kechirilib, taxminiy qiymati 48 mln so‘mga teng bo‘lgan 107 dona dori vositalari topildi.

 

Hozirda har ikki holat bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida olingan dori vositalariga ekspertiza tayinlanib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

custom img

Navoiyda 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi

Sudda haydovchi suv ichishga chalg‘ib qolgani tufayli YTH yuz berganini aytdi.

custom img

Toshkentda noqonuniy qurol sotgan shaxslar ushlandi

Sergeli tumanida ruxsatnomasiz saqlanib, bir necha bor sotilgan pnevmatik qurol aniqlandi. Holat yuzasidan to‘rt nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi.

custom img

Farg‘onada talabaning o‘limiga sabab bo‘lgan mototsikl haydovchisiga hukm o‘qildi

Haydovchi qizil chiroqda to‘xtamasdan, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

custom img

Qashqadaryoda soxta prokuror ushlandi

U zaxiradagi kichik serjant bo‘lib, fuqaroni ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

custom img

Samarqand va Namanganda profilaktika inspektorlari pora bilan ushlandi

Bir inspektor sobiq IIB xodimini ishga tiklashni va’da qilgan, boshqa biri esa fuqaroga nisbatan arizani ko‘rib chiqmagan va noqonuniy faoliyatiga ko‘maklashmoqchi bo‘lgan.

custom img

Toshkentda ayol haydovchini haqorat qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

Jabrlanuvchi ayolga himoya orderi berildi.

custom img

O‘zbekistonda terrorizmni moliyalashtirishda ayblanib, 8 kishi qamaldi

Ular yuborgan pullar Falastindagi jabr ko‘rganlarga emas, Suriyadagi terroristik guruhlar ehtiyoji uchun sarflangani aniqlangan.

custom img

Surxondaryoda 4 ming dollarga IJQKDga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

U yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni ishga joylamoqchi bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"