Jinoyat

Buxoroda noqonuniy oltin quymasi tayyorlagan shaxs qo‘lga olindi

Shuningdek, Toshkent aeroporti va Andijondagi xalqaro o‘tkazish punktida zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.

Buxoroda noqonuniy oltin quymasi tayyorlagan shaxs qo‘lga olindi

Buxoro, Toshkent va Andijonda oltin savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan operatsiyada Shofirkon tumanida yashovchi, 2001 va 2005 yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro sof og‘irligi 110 gramm bo‘lgan nostandart shakldagi oltin quyma mahsulotini 17 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Tezkor tadbir davomida ushbu oltinni qotishma shaklida tayyorlagan 2001 yilda tug‘ilgan shaxsning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda, oltinni eritishga mo‘ljallangan uskunalar, prekursor moddalar hamda kislorod va suyultirilgan gaz ballonlari borligi aniqlangan. 

 

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, musodara qilingan oltin qiymati 209 million 757 ming so‘mni tashkil etadi. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi va viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xorijdan uchib kelgan 1980 yilda tug‘ilgan chet el fuqarosi shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. 

 

 

Natijada, u umumiy qiymati 290 million 516 ming so‘m bo‘lgan, sof og‘irligi 226 grammga teng tilla buyumlarni oyoq qismi ostiga yashirgan holda bojxona nazoratidan olib o‘tgani aniqlanib, ushbu buyumlar belgilangan tartibda rasmiylashtirib olingan. 

 

Mazkur holat yuzasidan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Yana bir shunga o‘xshash holat Andijon viloyatida qayd etilgan. Andijon shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro Qirg‘iz Respublikasidan “Do‘stlik” xalqaro nazorat-o‘tkazish punkti orqali kirib kelayotgan vaqtida to‘xtatilib, tekshirilganda uning yonida bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, taxminiy qiymati 400 million so‘mlik, umumiy og‘irligi 241 gramm bo‘lgan tilla buyumlar borligi aniqlangan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur zargarlik buyumlari sotish maqsadida Turkiyadan Qirg‘iziston orqali olib kirilgan. Hozirda ushbu ashyoviy dalillar yuzasidan ekspertiza tayinlanib, holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.