Jinoyat

Toshkentda o‘zini ayol sifatida tanishtirib, pul talab qilgan guruh ushlandi

Ular turli yoshdagi erkaklarni aldab, uchrashuvga chaqirgan.

Toshkentda o‘zini ayol sifatida tanishtirib, pul talab qilgan guruh ushlandi

Toshkentda o‘zini ayol sifatida tanishtirib, erkaklardan pul talab qilgan besh nafar yigit huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olindi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 18–21 yoshdagi shaxslar Telegram messenjeri orqali o‘zlarini ayol deb tanishtirib, turli yoshdagi erkaklar bilan tanishgan va ularni uchrashuvga chaqirgan. Uyga kirgan jabrlanuvchi sportchilar deb ataluvchi guruh a’zolari tomonidan haqorat qilinib, kaltaklangan. Voqea videoga olinib, 10 million so‘m talab qilingan.

 

Jinoiy guruh talab qilingan pulning 5 million so‘mini olgan paytda huquq-tartibot organlari tomonidan ushlangan. Pulni topshirishdan bosh tortilgan taqdirda, jinoyatchilar video yozuvlarni internetga chiqarish va omma oldida sharmanda qilish bilan tahdid qilgan.

 

Tergov davomida aniqlanishicha, guruh tashkilotchisi ilgari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 120-moddasi bo‘yicha sudlangan shaxs bo‘lib, guruhga turli sport turlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni jalb qilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

 

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Toshkentda o‘zini ayol sifatida tanishtirib, pul talab qilgan guruh ushlandi | Zamon.uz