Jinoyat

Toshkentda narkolaboratoriya fosh etildi

Laboratoriyani tashkil qilgan shaxs va bu yerda kimyogar sifatida ishlovchi fuqaro qo‘lga olingan.

Toshkentda narkolaboratoriya fosh etildi

Toshkent shahrida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash doirasida yirik narkolaboratoriya fosh qilindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida Sergeli tumanida joylashgan xonadonda noqonuniy narkolaboratoriya aniqlangan.

 

Xabarga ko‘ra, 2003-yilda tug‘ilgan, Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi shaxs ko‘p qavatli uydan ijaraga olingan xonadonda mazkur laboratoriyani tashkil etgan. Tezkor tadbir davomida ushbu manzildan umumiy qiymati 4,5 milliard so‘mga teng bo‘lgan 3,5 kilogramm “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi, 20 litr suyuq va 25 kilogramm kukun ko‘rinishidagi prekursorlar, shuningdek, ularni tayyorlash va qadoqlashda foydalanilgan jihozlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Shuningdek, narkolaboratoriyada kimyogar sifatida faoliyat yuritgan yana bir fuqaro ham qo‘lga olingan.

 

Ushbu shaxslar dastlab “Telegram” orqali faoliyat yurituvchi noqonuniy narkodo‘konlarda “kladmen” sifatida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni tarqatish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik esa jinoiy guruh rahbarlarining ishonchini qozongach, giyohvand moddalarni tayyorlash jarayoniga jalb etilgan.

 

Holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Toshkentda narkolaboratoriya fosh etildi | Zamon.uz