Jinoyat

Farg‘onada giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Ularga 12 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Farg‘onada giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Farg‘ona viloyatida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, avval narkokuryerlar tomonidan yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan Surxondaryo viloyatiga olib kirilgan. Keyinchalik ushbu moddalar Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani hududidagi dala maydoniga yashirib qo‘yilgan.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Marg‘ilon shahrida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan xususiy tadbirkor hamda uning 1989-yilda tug‘ilgan sherigi yashirin joydan jami 9 kg 896 gramm “gashish” moddasini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

 

Shuningdek, qo‘lga olish jarayonida voqea joyidan qochishga uringan tadbirkor yonidan 14,5 ming dollar hamda 6 million 250 ming so‘m pul mablag‘lari ham musodara qilindi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu jinoyatga aloqador deb topilgan Farg‘ona shahrida yashovchi 1980-yilda tug‘ilgan fuqaroning xonadonidan 110 gramm “opiy” moddasi, ikkita elektron tarozi, 1200 dollar va 28 million so‘m pul mablag‘lari aniqlanib, daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi.

 

Tergov harakatlari davomida mazkur jinoiy guruhga 1990 va 1995-yillarda tug‘ilgan aka-ukalarning ham aloqadorligi aniqlangan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘dod tuman sudi hukmiga ko‘ra, jami 5 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga 12 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

custom img

Samarqand va Namanganda profilaktika inspektorlari pora bilan ushlandi

Bir inspektor sobiq IIB xodimini ishga tiklashni va’da qilgan, boshqa biri esa fuqaroga nisbatan arizani ko‘rib chiqmagan va noqonuniy faoliyatiga ko‘maklashmoqchi bo‘lgan.

custom img

Toshkentda ayol haydovchini haqorat qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

Jabrlanuvchi ayolga himoya orderi berildi.

custom img

O‘zbekistonda terrorizmni moliyalashtirishda ayblanib, 8 kishi qamaldi

Ular yuborgan pullar Falastindagi jabr ko‘rganlarga emas, Suriyadagi terroristik guruhlar ehtiyoji uchun sarflangani aniqlangan.

custom img

Surxondaryoda 4 ming dollarga IJQKDga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

U yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni ishga joylamoqchi bo‘lgan.

custom img

Samarqandda 14 yoshli qizni bosib ketgan haydovchi 6-yilga qamaldi

Sudlanuvchidan marhumaning oilasiga 140 million so‘m moddiy va ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.

custom img

Andijonda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan IIB xodimi ushlandi

IIBning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektori 16 yoshli qiz bilan jinsiy aloqada bo‘lgani aniqlangan.

custom img

Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarildi

U firibgarlik yo‘li bilan fuqarolarning katta miqdordagi mablag‘larini qo‘lga kiritganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Toshkentda o‘qituvchi talaba va uning tanishini o‘ldirdi

O‘qituvchi rashk sabab 2004-yilda tug‘ilgan talaba qiz va uning tanishi bo‘lgan 1975-yilda tug‘ilgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosini pichoqlagani aytilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"