Jinoyat

Farg‘onada bank xodimi mijozni o‘ldirgani aniqlandi

Xodim mijozni pichoqlab o‘ldirib, uni Katta Farg‘ona kanaliga tashlab yuborgan.

Farg‘onada bank xodimi mijozni o‘ldirgani aniqlandi

Farg‘onada avtokredit rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan fuqaro bank xodimi tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, S.E. joriy yilning 31 mart kuni avtokredit rasmiylashtirish maqsadida Qo‘qon shahridagi banklardan biriga borgan va shundan so‘ng bedarak yo‘qolgan. Yaqinlarining bildirishicha, u bank binosini xodimlardan biri bilan birga tark etgan, biroq oradan ikki soat o‘tib xodim yolg‘iz qaytib kelgan.

 

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura axborot xizmati tergovga qadar tekshiruv davomida Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini bildirgan. U mijozni o‘ldirib, jasadni Katta Farg‘ona kanaliga tashlab yuborganiga iqror bo‘lgan.

 

Gumonlanuvchining ko‘rsatmalariga ko‘ra, S.E. bank filialiga aksiya doirasida avtokredit olish uchun kelgan. Ular o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan va keyinchalik masalani muhokama qilish uchun gumonlanuvchining avtomashinasida yo‘lga chiqishgan. O‘zbekiston tumani “Taraqqiyot” MFY hududida avtomobil ichida gumonlanuvchi oshxona pichog‘i bilan fuqaroning bo‘yin qismiga bir necha bor zarba berib, uni o‘ldirgan.

 

Shundan so‘ng u ish joyiga qaytib kelib, jasadni mashinada qoldirgan. Bank xodimi taxminan soat 19:00 gacha ishda bo‘lganidan keyin, Katta Farg‘ona kanalining O‘zbekiston tumani To‘lash mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi qismiga borib, jasadni suvga tashlab yuborgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.T. protsessual tartibda ushlangan. Ayni vaqtda jabrlanuvchining jasadi topilmagan bo‘lib, qidiruv ishlari davom etmoqda.

 

Qidiruv ishlariga Favqulodda vaziyatlar vazirligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari hamda mahalliy aholi vakillari jalb etilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida ham IIB xodimi bilan bog‘liq hodisada jabrlanuvchining jasadi Farhod kanalidan 80 kundan so‘ng topilgan edi.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Farg‘onada bank xodimi mijozni o‘ldirgani aniqlandi | Zamon.uz