Jinoyat

Toshkentda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solindi

Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Toshkentda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solindi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 1985 yilda tug‘ilgan N.Sh. Yunusobod tumanida joylashgan yashash xonadonida o‘gay farzandi 2013 yilda tug‘ilgan N.G. ni bir necha marotaba urib, jismoniy tazyiq o‘tkazgan. Mazkur holat yuzasidan jabrlanuvchi dastlab IIOga murojaat qilmagan.

 

Hozirda voyaga yetmagan jabrlanuvchi Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilib, davlat organlari tomonidan himoyaga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan gumonlanuvchi N.Sh. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi («Qiynash») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Toshkentda narkolaboratoriya aniqlandi

Manzildan “Pregabalin”, “Tropikamid”, 16 kg “Trilon-B” kabi vositalar, prekursorlar, katta miqdordagi kapsula va flakonlar olindi.

custom img

Farg‘onada voyaga yetmagan qizga nikoh o‘qigan imom noibi jinoiy jazoga tortildi

Uchko‘prik tumanidagi jome masjidlarning birida ishlagan shaxs “ZAGS”dan o‘tmagan, 2008-yilda tug‘ilgan qizga nikoh o‘qidi. “Nikoh yoshiga to‘lmaganim sababli FHDYO organi qonuniy nikoh tuzishni rad etdi, bu vaqtda oila a’zolarim to‘y qilishga kelishib, kunini ham belgilab bo‘lgandi”- degan qiz sudda.

custom img

Xorazmda MIB xodimi 1,5 ming dollar pora bilan ushlandi

U fuqaroning soliq qarzdorligini bartaraf qilib bermoqchi bo'lgan.

custom img

Farg‘onada avtomobil g‘ildiraklari ichiga yashirilgan 20 kgga yaqin narkotik moddalar fosh etildi

Narkotik moddalar qo‘shni mamlakatdan olib kirilgan.

custom img

Migratsiya agentligi sobiq mansabdorlari xorijga ishga yuborish bo‘yicha korrupsion sxema tuzgani aniqlandi

Gumonlanuvchilar Janubiy Koreyaga ishga yuborish evaziga jami 135 mln dollardan ortiq pulni noqonuniy olgan.

custom img

Janubiy Koreyaga ishga yuborish uchun 400 ming dollardan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirganlar ushlandi

Surxondaryoda 6 ta viloyatdan 63 nafar fuqaroni chuv tushirgan shaxslar aniqlandi.

custom img

Toshkentda shaxsiy foto va videolarni tarqatish bilan tahdid qilgan shaxs qo‘lga olindi

U avvalroq jabrlanuvchidan 450 dollargacha pul olgan.

custom img

Sahro lochinini 2 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan yigit yarim mlrddan ortiq jarimaga tushdi

Namanganlik yigit ushbu qushni 2 oy davomida parvarishlagan. Keyin uni pul zarurligi uchun sotmoqchi bo‘lganda ushlangan. Lochin Farg‘ona hayvonot bog‘iga topshirilganidan 7 oy o‘tib qafasga ko‘nikolmay nobud bo‘lgan. “Xodimlar qushni qanday parvarishlashni bilmagan va nobud qilishgan”- degan yigit sudda.  Qayd etilishicha, jarimaga tortilgan shaxs doimiy ish joyiga ega emas.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"