Jinoyat

Namanganda bolalarga zo‘ravonlik qilgan ayolga sud hukmi o‘qildi

Ayolga bolalarni vasiylikka olib, qaragani uchun davlat tomonidan har oy pul ajratilgan.

Namanganda bolalarga zo‘ravonlik qilgan ayolga sud hukmi o‘qildi

Namangan viloyati Pop tumanida qaramog‘idagi voyaga yetmagan bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilgan ayolga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda “Daryo” sud hujjatlariga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 1986-yilda tug‘ilgan N.S. 2025-yil aprel oyida Namangan shahridagi mehribonlik uyi negizida tashkil etilgan ikki oylik o‘quv kursini tamomlagan. Shundan so‘ng, may oyida u 2019 va 2023-yillarda tug‘ilgan ikki nafar bolani shartnoma asosida vasiylikka olgan. Bolalarni parvarish qilgani uchun unga davlat tomonidan har oy 6 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratib borilgan.

 

Sud hujjatlariga ko‘ra, ayol 20–27-oktyabr kunlari davomida turli bahonalar bilan bolalarni muntazam ravishda urib, ularga jismoniy hamda ruhiy azob yetkazgan. Shuningdek, u bolalarni ushbu holat haqida boshqalarga aytmaslikka majbur qilib, aks holda ularni sharoiti og‘ir joyga berib yuborish bilan qo‘rqitgan.

 

27-oktyabr kuni bolalar tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim muassasasi direktori ularning holatini payqab, Pop tumani “Inson ijtimoiy xizmatlari” markaziga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.

 

Sud jarayonida ayblanuvchi o‘z ko‘rsatmasida ukasining Rossiyada vafot etgani haqidagi xabardan so‘ng ruhiy tushkunlikka tushganini, shu sabab bolalarga nisbatan yomon munosabatda bo‘lganini bildirgan va qilgan ishidan pushaymon ekanini aytgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tumani sudi hukmiga ko‘ra, N.S. Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

 

Bolalar ayolning vasiyligidan olinib, boshqa oilaviy bolalar uyiga joylashtirilgan.

 

Avvalroq Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 13 yoshli qizga nisbatan zo‘ravonlik qilgan o‘gay onaga nisbatan ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.