Jinoyat

Toshkentda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan talabalar ushlandi

Tekshiruvlar natijasida 1 kilogrammdan ortiq turli turdagi giyohvandlik vositalari tarqalishining oldi olingan.

Toshkentda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan talabalar ushlandi

Toshkent shahrida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan bir guruh shaxslar, jumladan talabalar ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida jami 1 kilogramm 604 gramm turli turdagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy tarqalishi oldi olingan.

 

Xususan, 2004-yilda tug‘ilgan talaba yigit Mirobod tumanida “zakladka” usulida izolyatsion lenta bilan o‘ralgan marixuanani joylashtirayotgan vaqtida ushlangan. Aniqlanishicha, u uch oy davomida Telegram’dagi noqonuniy “narkodo‘kon” ko‘rsatmalari asosida yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarini tarqatib kelgan.

 

Yigitning ijaradagi yashash xonadonidan 698 gramm alfa-PVP, 471 gramm mefedron, 433 gramm marixuana, shuningdek, elektron tarozilar, 600 dona zip-paket, izolyatsion lenta va noma’lum suyuqliklar topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

 

Shuningdek, Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan tadbirda 2001-yilda tug‘ilgan “narkoshop” administratori hamda uning 1998-yilda tug‘ilgan sherigi qo‘lga olinib, ularda alfa-PVP, tropikamid va giyohvandlik vositalarini iste’mol qilishda foydalaniladigan moslamalar borligi aniqlangan.

 

Qibray tumanida esa 2005-yilda tug‘ilgan qiz yashayotgan xonadondan tropikamid dori vositalari topilgan. Bundan tashqari, muqaddam sudlangan internet narko-do‘kon operatorining uyidan 80 gramm alfa-PVP, mefedron, suyuq holatdagi alfa-PVP, pregabalin, elektron tarozi, zip-paket va magnitlar topilib, dalil sifatida hujjatlashtirilgan.

 

Tezkor kuzatuv davomida ushbu xonadondan chiqib kelayotgan 2004 va 2006-yilda tug‘ilgan ikki nafar talaba yonida tarqatish uchun tayyorlangan 30 dona alfa-PVP moddasi borligi qayd etilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan hamda 251-prim 1-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.