Jahon

Bangladeshda qizamiqdan 100 ga yaqin bola vafot etdi

Qizamiq belgilari aniqlangan bolalar soni 6,476 nafarga yetgan.

Bangladeshda qizamiqdan 100 ga yaqin bola vafot etdi

Bangladesh sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi uch hafta ichida kamida 98 nafar bola qizamiq kasalligi oqibatida vafot etgan. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Bangladesh Sog‘liqni saqlash vazirligi 6 oydan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida qizamiq belgilari aniqlanganlar soni 6,476 nafarga yetganini ma’lum qilgan. Yuqumli kasalliklarni nazorat qilish bo‘yicha direktor Halimur Rashidning aytishicha, bu ko‘rsatkich avvalgi yillarga nisbatan ancha yuqori.

 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda eng katta qizamiq epidemiyasi 2005-yilda qayd etilgan bo‘lib, unda 25,934 ta holat qayd qilingan. Keyingi yillarda bu ko‘rsatkich sezilarli darajada kamaygan, ammo joriy yilda yana oshgan. Rashid epidemiyani “vaksina yetishmovchiligi va boshqa omillar” bilan izohlagan.

 

Olti oydan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida tasdiqlangan 826 ta qizamiq holati bo‘lib, ularning 16 nafari vafot etgan. Ko‘plab hollarda qizamiqqa test o‘tkazilmagan yoki bemor tahlil natijalari chiqmasdan vafot etgan.

 

Qayd etilishicha, Bangladesh yuqumli kasalliklar bilan kurashishda emlash bo‘yicha yutuqlarga erishgan, ammo 2024-yil iyun oyidagi qizamiqqa qarshi emlash kampaniyasi o‘sha yilgi isyon tufayli kechikgan. 

 

Shuningdek, Qizamiq va qizilchani tekshirish milliy qo‘mitasi rahbari Mahmudur Rahmon emlash dasturlarining yetarli bo‘lmagani sababli 2025-yil dekabrga qadar kasallanganlar sonini nolga tushirish maqsadiga erisha olmaganliklarini tan oldi.

 

Poytaxt Dakka eng ko‘p zararlangan 30 ta hududni aniqlab, emlash kampaniyasini boshladi. Sog‘liqni saqlash vaziri dastur avval eng og‘ir hududlarni qamrab olishini, keyinchalik esa boshqa hududlarga kengaytirilishini ma’lum qildi.

 

Sobiq rasmiy va jamoat sog‘lig‘i eksperti Tajul Islom A Bari, mablag‘ ajratilgan bo‘lsa-da, vaksinalarni xarid qilish amalga oshirilmaganini aytib, vaziyatni “dahshatli” deb baholadi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"