Jinoyat

O‘zbekistonda 35 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar kontrabandasi fosh etildi

Qo‘shni davlatlardan giyohvand moddalar olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.

O‘zbekistonda 35 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar kontrabandasi fosh etildi

O‘zbekistonda 35 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamda hududiy boshqarma xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2003 va 1998-yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Ularning yonida bo‘lgan ikki dona sport sumkasidan 4 kg 884 gramm “opiy”, 19 kg 863 gramm “gashish” moddalari, shuningdek 380 quti “Esse Change” nomli tamaki mahsulotlari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 223, 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan giyohvandlik vositalari ham fosh etilgan.

 

Xabarga ko‘ra, 1978, 1981 va 2004-yillarda tug‘ilgan uch nafar shaxs davlat chegarasini buzgan holda, avtomobil g‘ildiragi kamerasi yordamida Amudaryo orqali suzib o‘tayotgan vaqtda ushlangan.

 

Tekshiruv jarayonida ularning yonida bo‘lgan xaltalardan 2 kg 708 gramm “opiy” va 8 kg 257 gramm “gashish” moddalari topilgan.

 

Aniqlanishicha, mazkur shaxslarga giyohvandlik vositalarini manzilga yetkazib berish evaziga har bir kilogramm uchun 200 AQSH dollari miqdorida haq va’da qilingan.

 

Holat yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 223 va 246-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.