Jahon

AQSh va Eron ikki haftalik sulhga erishdi

Eron sulh vaqtida Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar harakati ta’minlanishini bildirdi.

AQSh va Eron ikki haftalik sulhga erishdi

AQSh va Eron ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

 

CNN ma’lumotiga ko‘ra, sulh e’lon qilinganiga qaramay, Fors ko‘rfazi mintaqasi hamda Isroil hududlarida raketa hujumlari qayd etilgan. AQSh harbiylari Eronga qarshi zarbalarni vaqtincha to‘xtatgan.

 

Avvalroq Oq uy yuqori martabali rasmiysi CNN telekanaliga: “Isroil ham sulhga aloqador va muzokaralar davom etar ekan, bombardimon kampaniyasini to‘xtatishga ham rozi bo‘ldi” — degan.

 

Eron tashqi ishlar vazirining bayonotiga ko‘ra, sulh davomida mamlakat harbiylari strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatini muvofiqlashtiradi. AQSh prezidenti ushbu bo‘g‘ozning qayta ochilishi kelishuvning asosiy shartlaridan biri bo‘lganini ta’kidladi.

 

Shuningdek, Pokiston bosh vaziri Eron va AQSh delegatsiyalarini juma kuni Islomobodda muzokaralar o‘tkazishga taklif qilgan. Avvalroq Pokiston tomoni diplomatik jarayonlarga imkon yaratish maqsadida ikki haftalik sulh tashabbusi bilan chiqqan edi.

 

Tramp Eron tomonidan taklif qilingan 10 bandlik rejani muzokaralar olib borish uchun amaliy asos deb hisoblanishini qo‘shimcha qildi.

 

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.