Jinoyat

Qalbaki hujjatlar orqali 2 milliard so‘m QQSni qaytarish holati fosh etildi

Hozirda mazkur ishga aloqador soliq idoralari xodimlarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Qalbaki hujjatlar orqali 2 milliard so‘m QQSni qaytarish holati fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan Chirchiq shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi soliq firibgarligiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatning muqaddam sudlangan xodimi Navoiy viloyatidagi xususiy korxona ish boshqaruvchisining ishonchiga kirib, 2025–2026-yillarda go‘yoki 20 mlrd so‘mlik tovar aylanmasi amalga oshirilgani haqida qalbaki hujjatlar tayyorlashni taklif qilgan. U soliq idoralaridagi tanishlari orqali korxonaga byudjetdan 2 mlrd so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berishni va’da qilib, bu “xizmat” uchun 340 mln so‘m talab qilgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur sxemada uning sherigi — Andijon shahrida yashovchi yakka tartibdagi tadbirkor ham ishtirok etgan. U tanish korxona va Navoiydagi xususiy korxona o‘rtasida soxta elektron shartnoma rasmiylashtirib, qiymati 18 mlrd 670 mln so‘mlik qurilish-montaj ishlari, transport xizmatlari va qurilish materiallari yetkazib berilgani haqida 10 ta qalbaki elektron hisob-faktura tayyorlagan. Shu orqali 2 mlrd so‘m QQSni qaytarishga erishilgan.

 

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar talab qilingan pul mablag‘ini o‘z jinoiy sheriklari orqali olayotgan vaqtda qo‘lga olingan. 

 

Ular Qibray tumani va Andijon shahrida yashovchi, muqaddam bir necha bor sudlangan shaxslar ekani aniqlangan. Aniqlanishicha, ushbu shaxslar talab qilingan 340 mln so‘ o‘zaro taqsimlab olishlari kerak bo‘lgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan to‘rt nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

 

Tergov harakatlari davom etmoqda, shu jumladan, ushbu noqonuniy sxemaga aloqador bo‘lgan soliq idoralari xodimlarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Qalbaki hujjatlar orqali 2 milliard so‘m QQSni qaytarish holati fosh etildi | Zamon.uz