Jinoyat

Toshkent aeroportida yo‘lovchining pulini o‘g‘irlagan chet ellik ushlandi

U jabrlanuvchini chalg‘itib, pul mablag‘larini yashirin ravishda olib qo‘ygan.

Toshkent aeroportida yo‘lovchining pulini o‘g‘irlagan chet ellik ushlandi

“Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchining 9000 AQSH dollarini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 4-aprel kuni 1994-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan fuqaro 102-sonli Nyu-York–Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga yetib kelgan. U o‘z yukini tekshirish jarayonida hamyonidan jami 9000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘lari yo‘qolganini aniqlagan va zudlik bilan bu haqda shu yerning o‘zida xizmat olib borayotgan patrul-post xizmati xodimiga xabar bergan. Xabar asosida xodimlar qidiruv o‘tkazib, pul mablag‘larini va ularni olgan shaxsni topgan.

 

“Nyu-York–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha samolyotda uchib keldim va samolyotda registratsiyadan o‘tgan vaqtimda mana shu barsetkamda menga tegishli bo‘lgan 9000 AQSH dollari bo‘lgan pul yo‘qligini sezdim va o‘sha vaqtning o‘zida post-patrul xodimiga murojaat qildim. U xodim tezkor tadbirlar, choralari bilan shu pulimni topib berishdi. Ichki ishlar xodimlariga katta rahmat aytaman” — deydi fuqaro. 

 

Aniqlanishicha, ushbu reysda birga parvoz qilgan 1982-yilda tug‘ilgan chet el fuqarosi bo‘lgan shaxs jabrlanuvchini chalg‘itgan holda uning 9000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini yashirin ravishda o‘g‘irlab olgan. 

 

Ushbu shaxs samolyot ichida 9000 AQSH dollariga ko‘zi tushganini va ularni olib hamyoniga qo‘shib qo‘yganini bildirib, afsusdaligini aytgan.

 

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Toshkent aeroportida yo‘lovchining pulini o‘g‘irlagan chet ellik ushlandi | Zamon.uz