Jinoyat

Toshkentda 6,7 milliard so‘mlik kripto-aktivlarni noqonuniy o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Gumonlanuvchi telefonida turli akkauntlar orqali katta miqdorda kripto-aktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangan.

Toshkentda 6,7 milliard so‘mlik kripto-aktivlarni noqonuniy o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida litsenziyasiz kriptovalyuta aylanmasi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, tekshiruvlar jarayonida 2004-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, hozirda Toshkent shahrida yashovchi fuqaroning iPhone 15 Pro rusumli telefoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Unda fuqaro smartfoniga o‘rnatilgan ilovalar va turli akkauntlar orqali katta miqdorda kriptoaktivlar aylanmasi bilan shug‘ullangani aniqlangan. 

 

Jumladan, gumonlanuvchi P2P orqali noqonuniy kirim-chiqim operatsiyalari yordamida jami 556 100 USDTdan ko‘proq mablag‘ni o‘zlashtirgan. Mazkur summa 6 milliard 700 million so‘mdan ziyodni tashkil etadi.

 

Fuqaro tergov jarayonida qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan va kelgusida bunday faoliyat bilan shug‘ullanmasligini ma’lum qilgan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-prim 8-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov ishlari davom etmoqda.

 

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.