Jahon

Nazarboyevning qizlari Qozog'istonning eng boy ayollari ro'yxatida yetakchisi — Forbes reytingi

Reytingda birinchi o‘rinni 5,4 milliard dollar bilan Dinara Kulibayeva egallagan.

Nazarboyevning qizlari Qozog'istonning eng boy ayollari ro'yxatida yetakchisi — Forbes reytingi

 

Forbes Women Kazakhstan Qozogʻistondagi eng badavlat ayollar reytingini e’lon qildi. Mazkur ro‘yxat mamlakatdagi 25 nafar eng boy ayolni qamrab olib, ularning umumiy boyligi taxminan 8,1 milliard dollarni tashkil etadi.

 

Tahlillarga ko‘ra, kapitalning taqsimoti yuqori darajada konsentratsiyalashgan: umumiy boylikning yarmidan ko‘prog‘i bitta ishtirokchiga to‘g‘ri keladi, eng boy besh nafar ayol esa jami mablag‘larning qariyb 87 foizini nazorat qiladi.

 

Reytingda birinchi o‘rinni Dinara Kulibayeva egalladi — uning boyligi 5,4 milliard dollarga baholanmoqda. U bank sektori, xususan, Halyk Bankdagi ulushi hamda tijorat ko‘chmas mulk aktivlari orqali yetakchi pozitsiyani saqlab kelmoqda.

 

Keyingi o‘rinlarda Muqadasxon Ibragimova (650 million dollar), Dariga Nazarboyeva (550 million dollar), Angela Sarsenova (249 million dollar) va Aizhan Yesim (207 million dollar) qayd etilgan.

 

Shuningdek, reytingda Nursulton Nazarboyevning qizlari yuqori o‘rinlarni egallagani e’tiborni tortadi.

 

Mutaxassislar ta’kidlashicha, ayollar boyligining 85–90 foizi oilaviy biznes, meros yoki yirik kompaniyalardagi ulushlar orqali shakllangan. Shu bilan birga, zamonaviy tendensiya sifatida ko‘plab ishtirokchilar nafaqat aksiyador, balki faol boshqaruvchi sifatida ham yangi biznes yo‘nalishlarini rivojlantirib, iqtisodiy diversifikatsiyaga hissa qo‘shmoqda.

 

Reytingga moliya, sanoat, agrobiznes, chakana savdo, media va ko‘chmas mulk kabi turli sohalar vakillari kiritilgan bo‘lib, bu Qozog‘iston iqtisodiyotida ayollar rolini kengayib borayotganini ko‘rsatadi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.