Jahon

OpenAI va ChatGPT AQShdagi otishma ishi bo‘yicha sudga tortilishi mumkin

Otishmada halok bo‘lgan talabadan birining oilasi hujumchi chatbotdan maslahat olganini da’vo qilmoqda.

OpenAI va ChatGPT AQShdagi otishma ishi bo‘yicha sudga tortilishi mumkin

 

AQShda OpenAI va uning sun’iy intellekt mahsuloti ChatGPT Florida shtatidagi universitetda sodir bo‘lgan otishma bilan bog‘liq ish yuzasidan sudga tortilishi mumkin. Bu haqda The Times xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Florida universitetida o‘tgan yil aprel oyida yuz bergan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, yana besh kishi jarohat olgan. Hujumni talaba Feniks Eichner sodir etgan. U hozirda hibsda bo‘lib, sud jarayoni joriy yil oktabr oyiga rejalashtirilgan.

 

Halok bo‘lganlardan biri — Robert Moralesning oilasi hujumchi otishmadan oldin ChatGPT bilan muntazam muloqotda bo‘lganini va undan maslahat olgan bo‘lishi mumkinligini da’vo qilmoqda. Shu asosda ular OpenAI kompaniyasini ham sudga berishni rejalashtirmoqda.

 

Kompaniya vakillari esa ushbu voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan to‘liq hamkorlik qilinayotganini bildirgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"