Jahon

Qirgʻizistonda qalbaki pul ishlab chiqaruvchi xalqaro guruh fosh etildi

Maxsus operatsiya davomida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolari qoʻlga olingan.

Qirgʻizistonda qalbaki pul ishlab chiqaruvchi xalqaro guruh fosh etildi

 

Qirgʻizistonda qalbaki pul ishlab chiqarish va tarqatish bilan shugʻullangan xalqaro jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Bu haqda Qirgʻiziston Davlat Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) ga tayanib Open.kg xabar berdi.

 

Rasmiy axborotga koʻra, mazkur guruh bir nechta davlat hududida faoliyat yuritib, yuqori sifatli qalbaki banknotalarni tayyorlash va ularni murakkab taqsimot tarmogʻi orqali realizatsiya qilish bilan shugʻullangan.

 

Oʻtkazilgan maxsus operatsiya davomida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolari nazorat ostidagi “sinov xaridi” jarayonida qoʻlga olingan. Tintuvlar davomida katta miqdorda qalbaki xorijiy valyuta hamda ishga aloqador boshqa ashyoviy dalillar musodara qilingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Qirgʻiziston Jinoyat kodeksining 233-moddasi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilar GKNB tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

 

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushbu jinoiy tarmoqning barcha ishtirokchilarini aniqlash, shuningdek, qalbaki pullarni tarqatish kanallarini fosh etish boʻyicha tezkor-qidiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.