O'zbekiston

Uchtepadagi yong‘in ortida qotillik: ayol qasddan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

Yong‘indan so‘ng uchta alohida yong‘in o‘chog‘i va qasddan o‘t qo‘yish alomatlari aniqlangan.

Uchtepadagi yong‘in ortida qotillik: ayol qasddan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

 

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida xonadonlardan birida sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lgan ayol qasddan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Zamon.uz’ga ma’lum qildi.

 

2026-yil 24-oktyabr kuni soat 02:00 larda Uchtepa tumanidagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa joyida ushbu xonadonda yashagan, 2000-yil 30-mayda tug‘ilgan ayolning jasadi aniqlangan. Uning tanasida yelka qismidan son-oyoq sohasigacha termik jarohatlar bo‘lgan.

 

Tekshiruv davomida oshxona, yotoqxona va mehmonxonada bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan uchta yong‘in o‘chog‘i, shuningdek, qasddan o‘t qo‘yish alomatlari aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan 24-oktyabr kuni Uchtepa tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi — qasddan odam o‘ldirish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi va qo‘shimcha axborot berilishi ma’lum qilingan.

Yog‘ingarchilik kam, shamol kuchsiz: Mutaxassislar poytaxtdagi vaziyatni izohladi

Yog‘ingarchilik kam, shamol kuchsiz: Mutaxassislar poytaxtdagi vaziyatni izohladi

Hafta davomida Toshkentda quruq ob-havo kutilmoqda.

Universitetga o‘qishga kiritish va’dasi: 18 mln so‘m olayotgan shaxs qo‘lga tushdi

Universitetga o‘qishga kiritish va’dasi: 18 mln so‘m olayotgan shaxs qo‘lga tushdi

U fuqaroni universitetning 3-kursiga kiritishni va’da qilib, pul talab qilgan.

Misrga safar qiluvchi o‘zbekistonliklar uchun yengillik: yangi kirish qoidalari kechiktirildi

Misrga safar qiluvchi o‘zbekistonliklar uchun yengillik: yangi kirish qoidalari kechiktirildi

Avvalroq 2026-yil 1-noyabrdan O‘zbekiston fuqarolarining Misrga kirishi bo‘yicha yangi tartiblar joriy etilishi ma’lum qilingandi.

Eskalator zudlik bilan to‘xtatildi: bunga sabab poyabzal bog‘ichi

Eskalator zudlik bilan to‘xtatildi: bunga sabab poyabzal bog‘ichi

“Paxtakor” va “Alisher Navoiy” metro bekatlari orasidagi o‘tish yo‘lagida eskalator vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkent havosi sifati: ifloslanishga nimalar sabab bo‘lmoqda?

Toshkent havosi sifati: ifloslanishga nimalar sabab bo‘lmoqda?

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida 25–26-oktyabr kunlari poytaxt va unga tutash hududlarda yirik chang massalari kuzatilgan.

Kino sohasini rivojlantirish: sohada ikkita yangi tuzilma tashkil etiladi

Kino sohasini rivojlantirish: sohada ikkita yangi tuzilma tashkil etiladi

Kino yaratishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanish bo‘yicha hamkorlik dasturi ishlab chiqiladi.

Kinematografiya agentligi tugatiladi: kino sohasi Madaniyat vazirligiga o‘tkaziladi

Kinematografiya agentligi tugatiladi: kino sohasi Madaniyat vazirligiga o‘tkaziladi

“O‘zbekfilm” davlat muassasasi tugatilib, uning o‘rnida zamonaviy biznes modeli asosida ishlaydigan milliy kinokompaniya tashkil etiladi.

“Milliy filmlarimiz talabga javob beryaptimi? Afsuski, yo‘q” — Prezident

“Milliy filmlarimiz talabga javob beryaptimi? Afsuski, yo‘q” — Prezident

Shavkat Mirziyoyev kino sohasidagi davlat buyurtmasi tizimini tanqid qildi.