Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi
Uchrashuvda ikki tomonlama kelishuvlar ijrosi hamda global va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-oktyabr kuni mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi.
Suhbat avvalida ikki davlat o‘rtasidagi oliy darajadagi faol muloqotlar va tizimli hamkorlik natijasida aloqalar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi yaqin munosabatlar o‘zaro do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashi ta’kidlandi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi. Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy va gumanitar sohalardagi loyihalarni yanada kengaytirishga kelishib oldi.
Shuningdek, yetakchilar global va mintaqaviy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan fikr almashdi.








