Siyosat

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-oktabr kuni AQShning “Eldridge Industries” kompaniyasi hammuassisi, raisi va bosh ijrochi direktori Todd Boelini qabul qildi.

 

Uchrashuvda AQShning mazkur yetakchi korporatsiyasi bilan yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

 

Davlat rahbari hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Xususan, tog‘-kon sanoati, metallurgiya va qurilish sohalarida sheriklikni kengaytirish, shuningdek, shahar infratuzilmasiga zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.

 

Muzokaralar yakunida tomonlar ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

 

“Eldridge Industries” aktivlarni boshqarish, sug‘urta, ko‘chmas mulk, infratuzilma, texnologiyalar, sport va media sohalarida faoliyat yuritadigan AQSh investitsiyaviy xoldingidir. Kompaniya boshqaruvidagi aktivlarning umumiy qiymati 75 milliard dollardan oshadi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva va Laylo Aliyeva bilan uchrashdi

Ashxoboddagi muloqotda O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

“Biznes aniq qoidalar va ochiq eshiklar bor joyga intiladi” — Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston har bir Amerika kompaniyasi bilan bevosita muloqot o‘rnatishni rejalashtirayotganini bildirdi.

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Janett Rubio Samarqandning tarixi va milliy hunarmandchiligi bilan tanishdi

Unga Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

“Samarqand global savdo chorrahasi” — Rubio

AQSh Davlat kotibining aytishicha, yuzlab Amerika kompaniyalari O‘zbekistonga uzoq muddatli hamkorlik uchun kelgan.

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

“AQSH Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega” — Saida Mirziyoyeva

Saida Mirziyoyeva va Marko Rubio Samarqanddagi Registon maydoniga tashrif buyurdi.

Kosmik hamkorlik: O‘zbekiston–AQSh Artemida bitimlarini imzoladi

Kosmik hamkorlik: O‘zbekiston–AQSh Artemida bitimlarini imzoladi

Samarqandda Baxtiyor Saidov va Marko Rubio O‘zbekiston–AQSh strategik sherikligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.