Jinoyat

Surxondaryoda YTH sodir etib, dugonasining o‘limiga sabab bo‘lgan qiz qamaldi

Haydovchi tezlikni oshirib, avtomobil boshqaruvini yo‘qotgani oqibatida transport vositasi yo‘ldan chiqib, daryoga tushib ketgan.

Surxondaryoda YTH sodir etib, dugonasining o‘limiga sabab bo‘lgan qiz qamaldi

Surxondaryo viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida talaba qiz vafot etgani yuzasidan sud hukmi o‘qildi. 

 

Ma’lum qilinishicha, 2025-yil 23-noyabr kuni soat 15:40 atrofida Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalaridan birining 4-bosqich talabasi o‘ziga tegishli, biroq hujjatlari rasmiylashtirilmagan Cobalt avtomobilida Sherobod–Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan.

 

U uzoq safarga yolg‘iz chiqmaslik maqsadida o‘zi bilan bir oliygohda o‘qiydigan tanishini ham olib ketgan. Harakatlanish davomida haydovchi tezlikni oshirib yuborib, avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada transport vositasi yo‘ldan chiqib, Sherobod daryosiga tushib ketgan. 

 

YTH oqibatida avtomobilda yo‘lovchi sifatida bo‘lgan talaba qiz og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, haydovchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi ikkinchi qismi bo‘yicha aybli deb topildi. 

 

Unga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan 3 yilga mahrum etish hamda 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.