Jahon

AQSh armiyasi 12 yildan so‘ng Suriyadan chiqib ketdi

Suriya armiyasi mamlakat hududida ilgari AQSh harbiylari joylashgan deyarli barcha harbiy obyektlar ustidan to‘liq nazoratni qo‘liga oldi.

AQSh armiyasi 12 yildan so‘ng Suriyadan chiqib ketdi

AQSh Qurolli kuchlari Suriyaning Hasaka viloyatida joylashgan Qasrak aviabazasidan o‘z qo‘shinlari va harbiy texnikasini to‘liq olib chiqib ketdi. Bu haqda har ikki tomon rasmiylari ma’lum qildi, deya xabar bermoqda AP.

 

 

Qayd etilishicha, payshanba kuni harbiy xizmatchilar va texnika ortilgan so‘nggi karvon bazani tark etgan.

 

Natijada Suriya armiyasi AQSh harbiylari ilgari joylashgan hududlardagi deyarli barcha harbiy obyektlar ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga olgan.

 

Suriya Tashqi ishlar vazirligi bu jarayonni mamlakat suverenitetining tiklanishi bilan izohladi. Bayonotda qayd etilishicha, shimoli-sharq va chegara hududlarining markaziy hukumat nazoratiga qaytishi davlatni birlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlar natijasidir.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh qo‘shinlarining chiqib ketishi Damashq hukumati va kurdlar boshchiligidagi Suriya Demokratik Kuchlari o‘rtasidagi kelishuvlar hamda “IShID” guruhiga qarshi kurashdagi natijalar bilan bog‘liq.

 

Tim Havkins AQSh Markaziy qo‘mondonligi nomidan chiqib ketish jarayoni yakunlanganini tasdiqladi. Uning aytishicha, jarayon “reja asosida va shartlarga muvofiq” amalga oshirilgan. Shu bilan birga, AQSh harbiylari mintaqada terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishini bildirgan.

 

 

AQSh qo‘shinlarining chiqishi fevral oyidan boshlangan bo‘lib, avvalroq al-Tanf bazasi ham topshirilgan edi.

 

Shuningdek, AQSh kuchlari Suriyadagi hibs markazlarida saqlangan taxminan 5 700 nafar “IShID”ga aloqador gumonlanuvchilarni Iroqdagi jazoni ijro etish muassasalariga ko‘chirgan.

 

AQSh harbiylarining Suriyadagi asosiy vazifasi “IShID” guruhining qayta kuchayishining oldini olish bo‘lgan. Guruh 2019-yilda o‘zining so‘nggi hududini yo‘qotgan bo‘lsa-da, uning yashirin jamoalari hanuzgacha mintaqada vaqti-vaqti bilan hujumlar uyushtirib kelmoqda.

custom img

2035-yilgacha issiqxona gazlari chiqindilarini 50 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi Bonndagi FMCP3 sessiyasida milliy iqlim majburiyatlari bo‘yicha erishilgan natijalarni taqdim etdi.

custom img

Zelenskiy Putin bilan G7da uchrashuv taklif qildi, Rossiya javob bermadi

Ukraina tomoni muzokara tashabbusini bir nechta kanallar orqali yetkazgan.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘istonda migrantlarni qabul qilish markazlari bo‘yicha kelishuvlar yo‘q — YI

Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoda migrantlar markazlarini ochish yuzasidan hozircha hech qanday muzokaralar olib borilmaganini ma’lum qildi.

custom img

AQSh va Eron dastlabki sulh bitimini imzoladi

Biroq tomonlar hali uzoq muddatli sulh bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishmagan.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tish 60 kun davomida bepul bo‘ladi

60 kunlik muddatdan so‘ng Tehron navigatsiya va xavfsizlik xizmatlari uchun to‘lov joriy etishni rejalashtirmoqda.

custom img

Tramp Oq uy maydonida ilk bor UFC turnirini o‘tkazdi

Tadbir Trampning 80 yillik yubileyi va AQSHning 250 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan.

custom img

Efiopiyada avtobus jarlikka qulashi oqibatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi

Jarohatlanganlarning ayrimlari og‘ir ahvolda ekani bildirilmoqda.

custom img

Turkiyada “O‘zbekiston mahallasi” va Shavkat Mirziyoyev bulvari ochildi

Shuningdek, Hatay viloyatida Toshkent va Samarqand ko‘chalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"