Jahon

General Motors va Ford harbiy texnika ishlab chiqarishga qaytishi mumkin

Bunga sabab sifatida AQShning qurol-yarog‘ zaxiralari kamayib borayotgani ko'rsatilmoqda.

General Motors va Ford harbiy texnika ishlab chiqarishga qaytishi mumkin

AQShning qurol-yarog‘ zaxiralari kamayib borayotgani sababli, Vashington Detroytdagi avtomobil ishlab chiqaruvchilarini harbiy mahsulot ishlab chiqarishga jalb etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Carscoops nashri xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 80 yil avval Detroytning yirik avtomobil kompaniyalari fuqarolik avtomobillari ishlab chiqarishni to‘xtatib, bombardimonchi samolyotlar, tanklar, yuk mashinalari va aviadvigatellar ishlab chiqarishga o‘tgan edi. Ushbu keng ko‘lamli o‘zgarish tufayli soha “Demokratiya arsenali” deb nom olgan. 

 

Endilikda Eron bilan urush cho‘zilayotgani fonida AQSh hukumati Detroytni yana harbiy ishlab chiqarishga qaytishga chaqirmoqda.

 

The Wall Street Journal yozishicha, Pentagon General Motors (GM), Ford, GE Aerospace va Oshkosh Corporation kompaniyalariga qurol va harbiy texnika ishlab chiqarishda yordam so‘rab murojaat qilgan. Muzokaralarda ushbu kompaniyalarning yuqori lavozimli rahbarlari ishtirok etgan.

 

Rasmiylar faqat an’anaviy mudofaa pudratchilariga tayanib qolmasdan, yirik hajmda ishlab chiqarish tajribasiga ega kompaniyalarni jalb etish orqali raketalar, o‘q-dorilar, dronlarga qarshi vositalar va boshqa texnikalarni tezroq ishlab chiqarishni ko‘zlamoqda.

 

Biroq, 1940-yillardan farqli o‘laroq, bugungi kunda krossover avtomobillar ishlab chiqarishdan raketa ishlab chiqarishga o‘tish ancha murakkab jarayon bo‘lishi ta’kidlanmoqda.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.

Husiylar Ar-Riyod aeroportiga hujum qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Husiylar Ar-Riyod aeroportiga hujum qildi: uch kishi halok bo‘ldi

Ar-Riyod esa javoban Yamandagi husiylar nishonlariga havo zarbalari berdi.

Fransiyadagi namoyishlar hukumatni harakatga keltirdi: maktablarga qo‘shimcha o‘qituvchilar yuboriladi

Fransiyadagi namoyishlar hukumatni harakatga keltirdi: maktablarga qo‘shimcha o‘qituvchilar yuboriladi

Fransiya ta’lim vaziri litseylarda ishda bo‘lmagan o‘qituvchilar o‘rnini bosish bo‘yicha «favqulodda reja»ni taqdim etdi.

“Yandeks”ga ikki marta dronlar hujumi uyushtirildi: ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatilmoqda

“Yandeks”ga ikki marta dronlar hujumi uyushtirildi: ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatilmoqda

Ryazan viloyatidagi va Kaluga shahridagi ma’lumotlar markazlari dronlar hujumiga uchradi.

Siyosiy raqiblarni qiynoqqa solish: Maduro va rafiqasiga yangi ayblovlar qo‘yildi

Siyosiy raqiblarni qiynoqqa solish: Maduro va rafiqasiga yangi ayblovlar qo‘yildi

Sud jarayoni 2027-yil 1-iyunga belgilangan.