Jahon

Isroil va Livan vaqtinchalik sulhga erishdi

Hizbulloh ham sulhga qo‘shilishga rozi bo‘lgan va Isroildan qo‘shinlarini olib chiqishni talab qilgan.

Isroil va Livan vaqtinchalik sulhga erishdi

Isroil va Livan o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirdi. Bu haqda AQSh Prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu va Livan Prezidenti Jozef Aun bilan muloqotdan so‘ng e’lon qildi. 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab 10 kun davom etishi rejalashtirilgan kelishuv keyinchalik uzaytirilishi ehtimoli bor. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bu sulh Livan bilan “tarixiy tinchlik bitimi”ga yo‘l ochishi mumkinligini aytdi.

 

Eron qo‘llovidagi Hizbulloh sulhga rioya qilishga rozi bo‘lgan. Biroq tashkilot butun Livan hududida hujumlar to‘liq to‘xtatilishi va Isroil qo‘shinlari erkin harakatlanmasligini talab qilmoqda.

 

Netanyahuning aytishicha, Isroil qo‘shinlari Livan janubida 10 kilometr chuqurlikdagi “xavfsizlik zonasi”da qoladi. Lekin bu “Hizbulloh”ning qo‘shinlarni to‘liq olib chiqish talabi bilan mos kelmaydi.

 

AQSh Davlat departamentiga ko‘ra, kelishuvga muvofiq, Livan hukumati “Hizbulloh”ning Isroilga hujumlarini oldini olish uchun aniq choralar ko‘rishi kerak. Shu bilan birga, mamlakat mudofaasi uchun asosiy mas’uliyat Livan xavfsizlik kuchlariga yuklatiladi.

 

Sulh kuchga kirishidan oldin Isroil mudofaa kuchlari Livan janubida 380 dan ortiq nishonga zarba berganini ma’lum qildi.

 

Hozircha kelishuvning keyingi bosqichlari noma’lum. Donald Tramp Isroil va Livan yetakchilarini Oq uyga taklif qilganini bildirgan.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.