Jahon

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 2,7 mlrd yevrogacha mablag‘ ajratadi

Ukraina ushbu mablag‘larni olish uchun 173 ta islohotdan iborat rejani amalga oshirishi kerak.

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 2,7 mlrd yevrogacha mablag‘ ajratadi

Yevropa Ittifoqi Ukrainada amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha erishilgan yutuqlar asosida mamlakatga 2,7 milliard yevrogacha qo‘shimcha moliyaviy yordam ajratilishini ma’lum qildi. Bu haqda DW xabar berdi.

 

Reuters agentligiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining kengayish masalalari bo‘yicha komissari Marta Kos Ukraina uchun 173 ta islohotdan iborat reja ishlab chiqilganini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, agar Kiyev ushbu islohotlarni amalga oshirsa, Ukraina moliyaviy mablag‘larni bosqichma-bosqich olishi mumkin.

 

Shuningdek, Marta Kosning so‘zlariga ko‘ra, Vengriyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan so‘ng Ukraina uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan 90 milliard yevrolik kredit ajratilishi ham ehtimoldan xoli emas. Bu kredit avval Vengriya bosh vaziri Viktor Orban tomonidan bloklangan edi.

 

Ukrainalik iqtisodchi va siyosatchi Sergey Marchenko Ukraina 2026-yilda 52 milliard dollarlik budjet taqchilligini qoplashda Yevropa Ittifoqi krediti muhim rol o‘ynashini bildirgan.

 

7–8 aprel kunlari Ukraina Oliy Radasi xalqaro moliyaviy yordam bilan bog‘liq bir qator qonunlarni qabul qildi. Jumladan, raqamli platformalardagi daromadlar bo‘yicha avtomatik axborot almashinuvi, harbiy yig‘imni uzaytirish hamda davlat boshqaruvini raqamlashtirishga oid hujjatlar ma’qullangan.

 

Rasmiylarga ko‘ra, ushbu islohotlar Ukraina uchun 2 milliard yevrodan ortiq moliyaviy yordamni tezroq ajratish imkonini beradi.

 

Tahlilchilarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining ushbu qarori Kiyevning iqtisodiy barqarorligini qo‘llab-quvvatlash va Yevrointegratsiya jarayonini tezlashtirishga xizmat qiladi.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"